Qashqadaryo viloyati sudlarining 2022 yil davomidagi faoliyati tahlili hamda sohaga oid muhim va dolzarb masalalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Qashqadaryo viloyat sudi raisi Abduqayum Mahkamov, Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Baxtiyor Qilichov hamda Qashqadaryo viloyat sudi raisi o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida Qashqadaryo viloyat sudlari tomonidan 2022 yilning 12 oyi davomida odil sudlov borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.
2022 yilda Qashqadaryo viloyat, tumanlararo, tuman va shahar sudlariga 14.816 (2021 yilda 14.628) ta murojaat kelib tushgan (murojaatlar 2021 yilga nisbatan 188 taga ko‘paygan).
Mazkur murojaatlarning 1.799 (2021 yilda 1.738) tasi umumiy murojaatlar va 5.612 (2021 yilda 5.771) tasi shaxsiy va sayyor qabullar jarayonida kelib tushgan bo‘lsa, 7.222 (2021 yilda 6.810) ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va halq qabulxonalari orqali, 21 (2021 yilda 42) ta O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali, 162 (2021 yilda 169) ta O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan.
Murojaatlarning 2801 (2021 yilda 3.136) tasi sud qarorlari yuzasidan, 245 (2021 yilda 566) tasi sud hujjatlari ijrosi yuzasidan, 19 (2021 yilda 22) tasi sud hujjatini vaqtida ololmayotganligi yuzasidan, 206 (2021 yilda 93) tasi sudyalarning hatti-harakatlari yuzasidan, 21 (2021 yilda 12) tasi sud xodimlarining hatti-harakatlari yuzasidan, 8 (2021 yilda 18) tasi murojaatiga vaqtida javob ololmayotganligi yuzasidan, 88 (2021 yilda 139) tasi ish vaqtida ko‘rilmayotganligi yuzasidan, 11.826 (2021 yilda 10.317) tasi boshqa masalalar bo‘yicha kelib tushgan arizalarni tashkil etadi.
Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra 308 (2021 yilda 224) tasi qanoatlantirilgan, 14.272 (2021 yilda 14.071) tasiga tushuntirish berilgan, 36 (2021 yilda 87) tasi taalluqliligiga ko‘ra quyi sudlarga yuborilgan, 131 (2021 yilda 233) tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborilgan, 2 (2021 yilda 7) tasi anonim murojaatlar bo‘lganligi bois ko‘rmasdan qoldirilgan, 17 (2021 yilda 1) tasi rad etilgan. Shuningdek, 20 (2021 yilda 5) ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.
Shundan 591 (2021 yilda 539) tasi takroriy, 210 (2021 yilda 163) tasi dublikat murojaatlar hisoblanadi.
JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA SUDLAR
2022 yilning 12 oyida 5094 shaxsga nisbatan 3716 ta jinoyat ishi ko‘rilgan.
Ishi ko‘rib tamomlangan shaxslarning 4070 tasi yoki 79,8 foizi bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgan, 37 tasi yoki 0,7 foizi oqlangan, 1007 tasi yoki 19,7 foizining ishi harakatdan tugatilgan, shundan 930 tasi yoki 18,4 foizining ishi yarashuv asosida tugatilgan.
Oqlov hukmlari- 37 shaxs.
Birinchi instansiyada 20 shaxsga nisbatan 14 ta ish bo‘yicha oqlov hukmi chiqarilgan.
Apellyatsiya instansiyasida 17 shaxs oqlangan.
Oqlov hukmlarining o‘sish dinamikasi:
2014 yilda 2 shaxs,
2015 yilda 4 shaxs,
2016 yilda 1 shaxs,
2017 yilda 17 shaxs,
2018 yilda 93 shaxs,
2019 yilda 146 shaxs,
2020 yilda 47 shaxs,
2021 yilda 40 shaxs,
2022 yilda 37 shaxs.
Birinchi instansiyada 257 ta ish bo‘yicha 435 shaxsdan asossiz ayblovlar sudlanuvchilarning zimmasidan chiqarilgan.
Apellyatsiya instansiyasida 109 ta ish bo‘yicha 182 shaxsdan asossiz ayblovlar sudlanuvchilarning zimmasidan chiqarilgan.
21 ta reabilitatsiya etilgan shaxslarga davlat hisobidan 702.983.800 so‘m moddiy zarar undirish belgilangan.
Tayinlangan jazo choralari:
Sudlanganlarning
491 shaxsga yoki 12,5 foiziga jarima;
4 shaxsga yoki 0,1 foiziga muayyan huquqdan mahrum qilish;
21 shaxsga yoki 0,5 foiziga majburiy jamoat ishlari;
1183 shaxsga yoki 30 foiziga axloq tuzatish ishlari;
942 shaxsga yoki 23,9 foiziga ozodlikni cheklash;
1255 shaxsga yoki 31,8 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
46 shaxs yoki 1,2 foizi shartli hukm qilingan.
107 shaxsga yoki 2,1 foiziga jazo tayinlamasdan hukm chiqarilgan.
Voyaga yetmagan 180 shaxsga nisbatan (jami ko‘rib tamomlangan ishlarning 3,5 foizi) jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan, 141 shaxsga yoki 2,7 foiziga hukm chiqarilgan, 33 shaxsga yoki 0,6 foiziga oid ishlar tugatilgan. Voyaga yetmaganlarning 15 tasiga yoki 8,3 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
549 nafar ayollarga nisbatan (jami ko‘rib tamomlangan ishlarning 10,7 foizi) ishlar ko‘rib tamomlangan, 451 nafariga yoki 8,8 foiziga hukm chiqarilgan, 96 nafariga yoki 1,8 foiziga oid ishlar tugatilgan. Ayblov hukmi chiqarilgan ayollarning 66 tasiga yoki 12,2 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
198 nafar yoki 3,8 foiz 60 yoshdan oshganlarga nisbatan ishlar ko‘rib tamomlangan, 162 nafariga yoki 3,1 foiziga hukm chiqarilgan, 36 nafariga yoki 0,7 foiziga oid ishlar tugatilgan. Ayblov hukmi chiqarilgan 60 yoshdan oshganlarning 13 tasiga yoki 6,5 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Mahalla fuqarolar yig‘ini kafolat xati asosida 3 shaxsga nisbatan 3 ta ish ko‘rilgan, ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.
Yoshlar ittifoqi hamda Xotin-qizlar qo‘mitasining kafilligi asosida ishlar ko‘rilmagan.
Birinchi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud qarorlaridan apellyatsiya instansiyasida 305 shaxsga nisbatan o‘zgartirilgan, 88 shaxsga nisbatan bekor qilingan.
Oliy sudning kassatsiya instansiyasida 27 shaxsga nisbatan o‘zgartirilgan va 2 shaxsga nisbatan bekor qilingan.
574 ta jinoyat ishlari videokonferensaloqa rejimida ko‘rilib, 716 marta sud majlislari o‘tkazilgan, 1224 nafar ishtirokchi qatnashgan, boshqa sudlar tomonidan 314 marta ko‘mak berilib, 233.128.800 so‘m mablag‘ tejab qolingan.
Jinoyat sodir etgan 318 shaxs sud zalidan qamoqqa olingan.
Jinoyat sodir etgan 562 shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilingan.
1409 shaxsga JKning 57-moddasi tartibida yengilroq jazo tayinlangan.
2356 shaxs JKning 73-moddasi tartibida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilingan.
1259 shaxsning jazosi JKning 74-moddasi tartibida yengilrog‘i bilan almashtirilgan.
1655 shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosining saqlash sharoiti o‘zgartirilib, JIKning 113-moddasi tartibida manzil- koloniyalarga o‘tkazilgan.
1550 ta qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomalar ko‘rilgan, 1524 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 26 tasi yoki 1,7 foizi rad qilingan.
Sayyor sud majlislarida 1419 ta ish yoki 38,1 foizi ko‘rilib, 15258 ta fuqaro ishtirok etgan. 30 tasi televideniyada yoritildi.
Xususiy ajrim 2951 ta yoki 79,3 foiz chiqarilgan.
Birinchi instansiyada 9103 ta materillar ko‘rilgan.
Sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 111.091.990.751 so‘mlik zarar qoplaganligi sababli birinchi va apellyatsiya instansiyasida 838 shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.
Tuman va shahar sudlarining har bir sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi jinoyat ishi bo‘yicha 16,1 tani, materiallar bilan birga 55,4 tani tashkil qilgan.
Viloyat sudi sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi birinchi instansiyada 0,1 tani, yuqori instansiyalarda 8 tani, materiallar bilan birga 10,3 tani tashkil qilgan.
376 marta korxona va tashkilotlarda leksiya, suhbat
va uchrashuvlar o‘tkazilgan;
1699 marta aholi o‘rtasida leksiya, suhbat
va uchrashuvlar o‘tkazilgan;
188 marta o‘quv muassasalarida leksiya, suhbat
va uchrashuvlar o‘tkazilgan;
222 marta gazeta-jurnallarda maqolalar chop etilgan;
215 marta radioda chiqishlar qilingan;
395 marta televideniyada chiqishlar qilingan;
639 marta veb-saytlarda chiqishlar qilingan.
JPK 416-417-moddalariga asosan tergovga yuborilgan ajrimlar:
Birinchi instansiyada 84 shaxsga nisbatan 45 ta ish tergovga yuborilib, 9 tasi bo‘yicha vajlari tasdiqlangan, 28 tasi bo‘yicha vajlari tasdig‘ini topmagan, 37 ta ish sudga qaytarilgan, 8 ta ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
Apellyatsiya instansiyasida 20 shaxsga nisbatan 14 ta ish tergovga yuborilib, 9 tasi bo‘yicha vajlari tasdig‘ini topmagan, 4 tasi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Ayrim jinoyatlarning modda kesimida o‘sish tahlili:
- 2022 yil 12 oyi davomida qasddan odam o‘ldirish (JKning 97-101-moddalari) jinoyatlari 45 (43) ta yoki 2 taga;
- Qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JKning 104-105-moddasi) jinoyatlari 374 (355) ta yoki 19 taga;
- Nomusga tegish (JKning 118-moddasi) jinoyatlari 14 (12) ta yoki 2 taga;
- Bosqinchilik (JKning 164-moddasi) jinoyatlari 18 (17) ta yoki 1 taga;
- O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish (JKning 167-moddasi) jinoyatlari 688 (387) ta yoki 301 taga;
- O‘g‘irlik (JKning 169-moddasi) jinoyatlari 484 (370) ta yoki 114 taga;
- Poraxo‘rlik (JK 210-212-moddalari) jinoyatlari 158 (109) ta yoki 49 taga;
- Transport vositalarini olib qochish (JK 267-modda) jinoyati 16 (6) ta yoki 10 taga;
- Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar (JK 270,271,273-276-moddalari) jinoyatlari 201 (185) ta yoki 16 taga;
- Bezorilik (JKning 277-moddasi) jinoyatlari 208 (106) ta yoki 102 taga ko‘paygan.
Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar
2022 yil 12 oyi davomida 46.610 shaxsga nisbatan 35.025 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib tamomlangan. 25.382 shaxsga nisbatan 20.710 ta ish bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqarilgan bo‘lsa, 21.228 shaxsga nisbatan 14.315 ta ish harakatdan tugatilgan. Ma’muriy jazo qo‘llanilgan 25.382 shaxsning 22.187 nafariga yoki 87,4 foiziga jarima, 85 nafariga yoki 0,3 foiziga maxsus huquqdan mahrum qilish, 3103 nafariga yoki 12,2 foiziga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 3 shaxsga ashyosini musodara qilish jazosi tayinlangan bo‘lsa, 4 shaxs ma’muriy deportatsiya qilingan.
3346 shaxsga nisbatan 1931 ta ish MJtKning 21-moddasiga asosan, 17.882 shaxsga nisbatan 12.384 ta ish MJtKning
271, 212-moddalariga asosan tugatilgan.
Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar bo‘yicha 5569 ta materiallar ko‘rib tamomlangan, shundan 4736 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 833 tasi rad qilingan.
Birinchi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud qarorlaridan apellyatsiya instansiyasida 184 (0,4%) shaxsga nisbatan sud qarorlari o‘zgartirilgan, 366 (0,8%) shaxsga nisbatan sud qarorlari bekor qilingan.
Tuman va shahar sudlarining har bir sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar bo‘yicha 151,6 tani, materiallar 24,1 tani, jami 175,7 tani tashkil qiladi.
Viloyat sudi sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi yuqori instansiyada 8,1 tani, materiallar 1,1 tani, jami 9,2 tani tashkil qiladi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA SUDLAR
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlari tomonidan 2022 yil davomida jami 38021 ta ishlar ko‘rilgan, shundan 32776 ta fuqarolik ishi, 5191 ta material tartibda ko‘rilgan ishlar, 54 ta hakamlik sudining hal qiluv qaroriga doir ishlar, shuningdek 29740 ta 1.955.863.554.871 so‘mlik sud buyrug‘i chiqarilgan.
Har bir sudyaning o‘rtacha oylik ish hajmi 146 ta fuqarolik ishi, 178 ta sud buyrug‘ini, jami 324 tani tashkil qilgan. Viloyatda sudyaning o‘rtacha ish hajmi 33 ta fuqarolik ishini tashkil etgan.
Tumanlararo sudlari tomonidan mazmunan ko‘rib tamomlangan jami 32776 ta fuqarolik ishlaridan 27333 ta hal qiluv qarori chiqarilib, 24874 ta da’vo qanoatlantirilgan, 2459 ta da’vo rad etilgan, 4829 ta ko‘rmasdan qoldirilgan, 614 ta ish yuritishdan tugatilgan.
2022 yil davomida sudlar tomonidan nikohdan ajratish bilan bog‘liq jami 4502 ta fuqarolik ishi ko‘rilib, shundan 2457 tasi qanoatlantirilgan, 372 ta fuqarolik ishi taraflar yarashganligi sababli ish yuritishdan tugatilgan, 1425 ta da’vo rad qilingan, 248 ta da’vo ariza ko‘rmasdan qoldirilgan.
Sudlar tomonidan 2022 yil davomida ko‘rilgan ishlardan 1300 ta mehnat nizolari, 8681 ta oila nizolari, 985 ta uy-joy nizolari, 157 ta mulk huquqi, 147 ta kommunal xizmat bo‘yicha qarzdorlik va zarar undirish, 14570 ta bitim bilan bog‘liq ishlar, 1314 ta yer nizolari, 38 ta iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, 698 ta zarar undirish hamda 1927 ta alohida tartibda yuritilgan ishlar, 2959 ta da’vo tartibida ko‘rilgan boshqa ishlarni tashkil qiladi.
2022 yil davomida sudlar tomonidan kredit shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar bilan bog‘liq jami 12771 ta fuqarolik ishi ko‘rilib, 10450 ta 414.103.654.359 so‘mlik da’vo arizalar qanoatlantirilgan.
2022 yilda sudlar tomonidan 549 marta turli huquqiy mavzularda leksiya, uchrashuv va suhbatlar o‘tkazilgan, 47 marta televideniyeda, 56 marta radioda chiqishlar qilingan, 66 marta matbuotda maqolalar e’lon qilingan, 37 ta veb-sayt va boshqa axborot vositalarida chiqishlar qilingan, shuningdek 10230 ta yoki 31,2 foiz fuqarolik ishi sayyor sud majlislarida ko‘rilgan. Sudlar tomonidan ko‘rilgan fuqarolik ishlari yuzasidan 747 ta xususiy ajrim chiqarilgan.
IQTISODIY SUDLAR
Qashqadaryo viloyati iqtisodiy sudlari tomonidan 2022 yilning 12 oyida jami 22 172 ta (o‘tgan yilning shu davrida 14 244 ta) iqtisodiy ishlar mazmunan hal etilib, 153 (45) tasini sud buyrug‘i tashkil etgan, bu jami ko‘rilgan ishlarning 0,7 foizi hisoblanadi. Ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 928 taga yoki 44,3 foizga ko‘paygan.
Sudlar kesimida ko‘rilgan ishlar hajmi Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi 6369 (+2496) ta, Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudi 3774 (+771) ta, Koson tumanlarar iqtisodiy sudi 2272 (+1098) ta, Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudi 1442 (+871) ta, G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudi 1205 (+862) ta, Yakkabog‘ tumanlararo iqtisodiy sudi 926 (+179) tani tashkil etib ko‘paygan bo‘lsa, viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati birinchi instansiyada 30 (-8) tani tashkil etib kamaygan.
Nizo toifasi bo‘yicha:
– Fuqarolik huquqiy munosabatlarga oid 7 078 ta (7 159 ta);
– Ma’muriy huquqiy munosabatlarga oid 5 073 ta (1 764 ta);
– Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlashga oid 2 ta;
– Tashkilot va fuqarolarning bankrotligiga oid 1 543 ta (508 ta);
– Korporativ (ta’sischilar o‘rtasidagi nizo) munosabatlarga oid 23 ta (26 ta) ishlar ko‘rilgan.
IPKning 231-bobiga asosan soddalashtirilgan ish yuritish tartibida 884 (318) ta ish ko‘rilgan.
Iqtisodiy sudi sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi 121,8 (113,7) tani, viloyat sudi sudyasining ish hajmi 11,8 (6) tani tashkil etgan.
Apellyatsiya instansiyasida 611 (275) ta ishlar ko‘rilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslarga qulayliklar yaratish hamda aholi orasida sudning ta’sirchanligini oshirish maqsadida hisobot davrida iqtisodiy sudlar sudyalari tomonidan jami 11 210 (7852) ta (55,1%) ishlar sayyor sud majlislarida ko‘rilgan.
Hisobot davrida birinchi instansiya sudlari tomonidan jami ko‘rib tamomlangan 629 ta ishlar bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlariga nisbatan apellyatsiya tartibida keltirilgan shikoyat (protest) lar ko‘rib chiqilgan.
Apellyatsiya instansiyasida ko‘rilgan nizolar bo‘yicha 629 (296) ta ishlardan, 66 (57) tasi yoki (10,5%) bekor qilingan, 41 (38) tasi yoki (6,5%) o‘zgartirilgan, 522 (201) tasi (87,8%) o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudlari sudyalari tomonidan 2022 yilda jami 161 ta (131) sud ta’sir choralari qo‘llanilgan bo‘lib, shundan 6 tasi (17) ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, 15 tasi (25) moddiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, 51 tasi (31) intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida hamda 89 tasi (58) boshqa masalalar bo‘yicha xususiy ajrim va taqdimnomalardir.
Hisobot davrida iqtisodiy sud sudyalari tomonidan aholiga qonunlarni tushuntirish, amaldagi qonunchilikni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish hamda qoidabuzarliklarni oldini olish yuzasidan jami 666 marotaba (2021 yilda 581) ta targ‘ibot ishlari olib borilgan, ommaviy axborot vositalarida 159 (251) ta, shu jumladan: televideniyeda 41 (42) ta, radioda 28 (50) ta, matbuotda 55 (97) ta va veb-sayt va boshqa axborot vositalarida 35 (62) ta chiqishlar qilingan.
Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar sudlar kesimida, viloyat sudida 33 ta, Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudida 30 ta, Shahrisabz va Koson tumanlararo iqtisodiy sudida 21 tadan, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudida 19 ta, Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudida, 16 ta, G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudida 11 ta, Yakkabog‘ tumanlararo iqtisodiy sudida 8 tani tashkil etadi.
Aholi orasida 507 (330) marotaba davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazilgan.
Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudlariga 2022 yilda 1 337 (1 172) ta ish bo‘yicha jami 2 954 275 001 so‘m davlat boji, 840 000 so‘m jarimalar respublika budjetiga ixtiyoriy to‘langan.
Davlat boji to‘lashni kechiktirishga doir 104 ta ish bo‘yicha 98 629 236 so‘mlik imtiyoz qo‘llanilgan.
Ijro ahvoli
Jinoyat ishlari bo‘yicha 755.645.872.351 so‘mlik 6450 ta ijro hujjatlari chiqarilgan. 171.500.675.447 so‘mlik 3105 ta 48,1 foiz ijro hujjatlari tamomlangan. 436.450.499.748 so‘mlik 1973 ta 30,6 foiz ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmay qolgan. 147.625.169.826 so‘mlik 1370 ta yoki 21,7 foiz ijro hujjatlari rasmiylashtirish talablariga muvofiq emasligi uchun qaytarilgan, ushbu ijro hujjatlari qonunda nazarda tutilgan 3 kunlik muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan holda qayta ijroga yuborilgan.
Ma’muriy ishlar bo‘yicha 71.987.913.839 so‘mlik 19093 ta ijro hujjatlari chiqarilgan. 26.498.549.326 so‘mlik 9340 ta 48,9 foiz ijro hujjatlari tamomlangan. 32.345.018.018 so‘mlik 7495 ta 39,3 foiz ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmay qolgan. 13.100.897.846 so‘m 2247 ta yoki 11,8 foiz ijro hujjatlari rasmiylashtirish talablariga muvofiq emasligi uchun qaytarilgan, ushbu ijro hujjatlari qonunda nazarda tutilgan 3 kunlik muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan holda qayta ijroga yuborilgan.
Fuqarolik ishlar bo‘yicha 1.790.462.943.961 so‘mlik 105.636 ta ijro hujjatlari chiqarilgan. 294.654.614.277 so‘mlik 35.251 ta 33,4 foiz ijro hujjatlari tamomlangan. 1.495.808.329.684 so‘mlik 70.385 ta 66,6 foiz ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmay qolgan.
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha 569.330.120.128 so‘mlik 18648 ta ijro hujjatlari chiqarilgan. 52.964.339.306 so‘mlik 5433 ta 29,1 foiz ijro hujjatlari tamomlangan. 723 498 445 137 so‘mlik 4802 ta 25,7 foiz ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmay qolgan.
Jami 1.964.603.847.450 so‘mlik 84.655 ta yoki 56,5 foiz sud qarorlarining ijrosi ta’minlanmagan.
1.964.603.847.450 so‘m yoki 172.885.139 AQSH dollarini tashkil qiladi.
QASHQADARYO VILOYAT MA’MURIY SUDI
Qashqadaryo viloyat hamda Qarshi tumanlararo ma’muriy sudlari tomonidan 2022 yilda 1487 ta ommaviy huquqiy nizolardan kelib chiqadigan ma’muriy ish kelib tushgan, shundan 1271 ta (2021 yil davomida 1393 ta) ish mazmunan ko‘rib tamomlangan, 637 ta (50,1 foiz) ariza qanoatlantirilgan, 503 ta (39,6 foiz) ariza qanoatlantirish rad qilingan, 99 ta (7,8 foiz) ma’muriy ish bo‘yicha ish yuritish tugatilgan, 32 ta (2,5 foiz) ish ko‘rmasdan qoldirilgan, 82 ta ish qoldiq bo‘lib o‘tgan.
2022 yil mobaynida 177 ta (2021 yilda 248 ta) materiallar bilan bog‘liq ishlar mazmunan ko‘rib tamomlangan, shundan 148 tasi (83,6 foiz) qanoatlantirilgan, 29 ta (16,3 foiz) ariza qanoatlantirish rad qilingan.
Tumanlararo ma’muriy sudida har bir sudyaga bir oyda o‘rtacha
21 ta (shundan 19,3 ta ommaviy, 2,7 ta material) ish to‘g‘ri kelgan.
Ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan apellyatsiya instansiyasida jami 279 ta (2021 yilda 353 ta) ish ko‘rilib, shundan 33 tasi yoki 11,8 foiz (2021 yilda 77 tasi yoki 21,8 foiz) sud qarorlari bekor qilingan.
Qashqadaryo viloyat hamda tumanlararo ma’muriy sudi sudyalari tomonidan jami 299 nafar fuqaro qabul qilingan bo‘lib (2021 yilda 475 ta), shundan 226 nafar fuqarolar sayyor qabullardagi murojaatlari yuzasidan qabul qilingan (2021 yilda 373 ta).
Murojaatlar 2021 yil bilan taqqoslanganda 176 ta murojaatga, ya’ni 37,1 foizga kamaygan. 2023 yilga qoldiq murojaatlar o‘tmagan.
Qashqadaryo viloyat hamda tumanlararo ma’muriy sudlari tomonidan bevosita idorada 73 nafar fuqarolar qabul qilingan.
O‘tgan yilning shu davrida ushbu ko‘rsatgich 102 tani tashkil etgan.
2022 yilda jami 174 (2021 yilda 127) marta huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilgan. Televideniyeda jami 29 (2021 yilda 47) marta huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilgan, radioda 28 (2021 yilda 43) ta chiqishlar qilingan, veb-saytlarda 59 ta (2021 yilda 15 ta) chiqish qilingan, gazeta va jurnallarda 58 ta (2021 yilda 22 ta) chiqish qilingan.
Mazkur davrda ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha ko‘rilgan ishlar yuzasidan 177 ta (2021 yilda 173 ta) xususiy ajrim chiqarilgan. Chiqarilgan hususiy ajrimlarning 146 tasi bo‘yicha javoblar olingan, qolgan 31 ta hususiy ajrimning ijroga qaratish muddati mavjud, javob berish muddati o‘tgan xususiy ajrimlar esa mavjud emas.
Ko‘rilgan ishlar tahlil qilinganda:
736 ta (2021 yilda 930 ta)ish ma’muriy organ qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida, 434 ta (2021 yilda 114 ta) ish ma’muriy organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topish haqida, 68 ta (2021 yilda 5 ta) ish saylov komissiyalarining harakatlarini qonunga xilof va qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida, 6 ta (2021 yilda 4 ta) ish notariusning harakatini qonunga xilof deb topish, 19 ta (2021 yilda ko‘rilmagan) ish davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish ustidan, 4 ta (2021 yilda 3 ta) ish litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, 3 ta (2021 yilda 5 ta) litsenziyaning amal qilishini tugatish va 1 ta (2021 yilda ko‘rilmagan) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki FHDYO organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) haqidagi ma’muriy ishlardir.
2022 yil davomida 308 ta (2021 yilda 230 ta) tadbirkorlik subyektlarining arizalari asosida qo‘zg‘atilgan ishlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 115 ta (2021 yilda 102 ta) arizalar qanoatlantirilgan.
230 ta (2021 yilda 453 ta)murojaatlar kelib tushgan, shundan 69 tasi (2021 yilda 211 ta) sud hujjatlari va 11 tasi (2021 yilda 12 ta) sud hujjati ijrosi bilan bog‘liq murojaat, 149 tasi (2021 yilda 224 ta) boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlarni tashkil etgan bo‘lib, ularga belgilangan muddatlarda javob berilgan. (1 ta (2021 yilda 6 ta) murojaat qoldiq bo‘lgan.)
2022 yil mobaynida hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida jami 370 ta (2021 yilda 462 ta), hokimlik mansabdor shaxslarining harakatlari, harakatsizligiga nisbatan 36 ta
(2021 yilda 114 ta) ma’muriy ish ko‘rilgan bo‘lib, ulardan 122 ta
(2021 yilda 187 ta) qaror haqiqiy emas deb topilgan va 11 ta
(2021 yilda 17 ta)ish bo‘yicha mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) qonunga xilof deb topilgan.
Soliq organlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida jami 121 ta (2021 yilda 61 ta), mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ga nisbatan 34 ta (2021 yilda 17 ta) ma’muriy ish ko‘rilgan bo‘lib, shundan 87 ta (2021 yilda 19 ta) qaror haqiqiy emas deb topilgan va 15 ta (2021 yilda 8 ta) ish bo‘yicha mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) qonunga xilof deb topilgan.
Majburiy ijro byurosining qarorlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida 120 ta (2021 yilda 97 ta), mansabdor shaxsning 77 ta (2021 yilda 52 ta) ish ko‘rilgan bo‘lib, shundan 33 ta (2021 yilda 22 ta) qarorlar haqiqiy emas deb topilgan, majburiy ijro byurosining mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) bilan bog‘liq 43 ta (2021 yilda 45 ta) ish ko‘rilgan, shundan 12 ta (2021 yilda 19 ta) ish bo‘yicha mansabdor shaxsning harakati (harakatsizligi) qonunga xilof deb topilgan.
Ma’muriy sudlar tomonidan tuman (shahar) hokimliklarining qarorlari, mansabdor shaxslarining harakati, harakatsizligi ustidan berilgan va arizalar qanoatlantirilgan ishlar tumanlar kesimida tahlil qilinganida:
Qarshi shahar hokimining 45 ta (2021 yilda 33 ta), Mirishkor tuman hokimining 18 ta (2021 yilda 19 ta), Kasbi tuman hokimining
11 ta (2021 yilda 3 ta) qarori haqiqiy emas deb topilgan.
Raqamlardan ko‘rish mumkinki, Qarshi shahar, Mirishkor va Kasbi tuman hokimlarining qarorlari eng ko‘p haqiqiy emas deb topilgan.
Hokimlik idoralari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida”gi Qonun normalariga, Yer qonunchiligi talablariga yetarli darajada amal qilinmayotganligi qarorlarni sud tartibida haqiqiy emas deb topishga asos bo‘lmoqda. Shuningdek, qabul qilingan qarorlar o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi ustma-ust qarorlar qabul qilinishiga sabab bo‘lib, pirovardida nizoli holatlarni yuzaga keltirib chiqarmoqda.
Soliq idoralarining kameral tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida qabul qilayotgan ko‘plab qarorlari sud tomonidan haqiqiy emas deb topilmoqda. Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining ishtirokisiz, soliq idorasidagi hujjatlar asosida o‘tkazilsada, qonun talabiga ko‘ra tekshiruv natijalari bo‘yicha qaror qabul qilishda soliq to‘lovchining ishtirokini ta’minlash lozim. Soliq idorasi aksariyat hollarda, soliq to‘lovchini jalb qilmaganligi, natijada uning vajlari, e’tirozlari va asoslari tinglanmasdan va hisobga olinmasdan qolayotganligi, bu esa qarorlarni sud tartibida haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘lmoqda.
Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi