Qashqadaryo viloyat sudida ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi

Sudya va sud xodimlari ishtirokida tashkil etilgan ma’rifat soatida insonning madaniyati, uning tashqi va ichki go‘zalligi xususida so‘z yuritildi.

Tadbirda sud tizimi egalarining madaniyati nafaqat sud qarorlarining ijro etilishiga, balki xalqning sud tizimiga bo‘lgan yuksak ishonchining shakllanishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi aytib o‘tildi.

Tadbirga taklif etilgan “Shuhrat” medali sohibi, madaniyat xodimi, xonanda Alimamat Sharipov sudyalar va sud xodimlari madaniyatining nechog‘lik yuqorililigi shuningdek, adolatli bo‘lishi, inson huquqlarini himoya qilishi va axloqiy qadriyatlarimizga rioya qilishi mamlakatimiz sud tizimining nufuzi yanada ortishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Advokatlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi, Qashqadaryo viloyat sudi va viloyatda faoliyat yurituvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir advokatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sud, boshqa davlat va jamoat tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ularning ishonchli vakili ekanligidan kelib chiqqan holda kasbiy vazifalarining bajaralishiga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda ishtirok etgan mas’ullar tomonidan advokatlarning tergov harakatlari va sud muhokamasi davomidagi faoliyati davomida amal qilishi lozim bo‘lgan jihatlar xususida to‘xtalib, qonun hujjatlari bilan ishlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Qashqadaryo viloyati sudlari mas’ullari Shahrisabz tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Qashqadaryo viloyati sudlari mas’ullari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy mavzudagi murojaatlariga yechim izlashga qaratilgan ishlarni jonlantirish maqsadida Shahrisabz tumani “Yangi qishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabullar tashkil etildi.

Qabul davomida turli masalalarda huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan 19 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Ro‘zimurod Xurramov amaliyotchi shifokor bo‘lib ishlagan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudining 2023-yildagi hukmi bilan 2 yil muddatga umumiy amaliyot shifokori vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 2 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Ro‘zimurod Xurramovning o‘talmay qolgan jazosidan muddatidan ilgari ozod qilish haqidagi iltimosnomasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudining sayyor majlisida ko‘rib chiqilib, JK 73-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan o‘talmay qolgan 1 yil 7 oy ozodlikni cheklash jazosidan shartli ravishda ozod qilindi.

Shuningdek, o‘tkazilgan sayyor sud majlisida Shahrisabz tumani IIB Probatsiya xizmati nazorati ostida turgan yana 11 nafar mahkumlar o‘talmay qolgan jazosidan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

 

Qashqadaryo viloyati sudlari mutasaddilari tomonidan Kitob tumanida sayyor qabul tashkil etildi

Qashqadaryo viloyati sudlari mutasaddilarining jinoyat va huquqbuzarliklar, nikohdan ajratish, tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi nizolar va fuqarolarning murojaatlarini o‘rganishga hamda olis hududlarda profilaktika ishlarini jonlashtirishga qaratilgan sayyor qabullarning navbatdagisi Kitob tumani “Ayoqchi” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi.

Sayyor qabulda turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan 12 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlar sud mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganilib, 1 ta murojaat sudda ko‘rib chiqilayotganligi bois sud tomonidan qonuniy xulosaga kelinishi ma’lum qilindi, 11 ta murojaatga huquqiy tushuntirishlar berildi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Qashqadaryo viloyat sudida sud qarorlarining ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi

Qashqadaryo viloyat sudi, viloyat prokuraturasi hamda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi hamkorligida sud qarorlarining ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda sud qarorlarining ijrosini ta’minlash, Adolat axborot dasturi orqali kelib tushayotgan ijro varaqalarining sifati, qonun talablariga mos kelishi, qarzdorlar bilan bog‘liq ma’lumotlarning to‘g‘riligi kelgusida sud qarorlarining ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashga xizmat qilishi, bu esa o‘z navbatida aholining sudlarga bo‘lgan ishonchi oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Seminarda taqqoslov dalolatnomalarida mavjud to‘xtatilgan ijro hujjatlariga alohida e’tibor qaratilib, kelgusida  majburiy ijro byurosining tegishli tuman (shahar) bo‘limlari kesimida davlat boji undiruvi bo‘yicha to‘xtatilgan yoki to‘xtatib turish asoslari yakunlangan ijro hujjatlarining tiklanishi yuzasidan tavsiyalar va bugungi kunda ijro harakatlarida nizoli bo‘lib turgan ijro varaqalari yuzasidan tegishli tartibda tushuntirishlar berildi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

 

Qashqadaryo viloyat sudida videokonferensaloqa tarzida seminar mashg‘uloti tashkil etildi

Ma’lumki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan muhim va ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, sudlar faoliyati samaradorligini oshirish, ishni sudga qadar yuritishda taraflarning tengligi va tortishuvi prinsipini amalda ta’minlash, shuningdek, tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilinishiga erishish maqsadida joriy yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonning qabul qilinishi mamlakatimiz sud-tergov amaliyotidagi muhim bosqich bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyat sudida mazkur Farmonning mazmun va mohiyatini o‘rganish yuzasidan videokonferensaloqa tarzida seminar mashg‘uloti tashkil etildi. Unda jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mas’ullari ishtirok etishdi.

Ushbu Farmon inson huquqlarini himoya qilish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklari himoyasining kafolatlarini kuchaytirish, aholining huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Seminar mashg‘uloti ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Sudlarda arxiv ishini yuritish, arxiv ishini to‘g‘ri tashkil etish mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining arxiv mudiri T.Shaymardanov boshchiligida Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining arxiv mudirlari, arxivariuslari hamda Qashqadaryo viloyat arxiv ishi xududiy boshqarmasi mutaxassisi A.Suyarovlar ishtirokida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Videokonferensaloqa rejimidagi seminarda viloyat, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari arxivlarida ishlarni “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Rayosatining 2024-yil 29-fevraldagi RS-08-24-sonli qarori bilan tasdiqlangan sudlarda ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma asosida ish faoliyatini olib borish to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-11-sonli hamda “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-12-sonli Farmonlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora tadbirlar rejasi tasdiqlangani, uning 27.2-bandiga asosan sudlarning arxivida qog‘oz shaklida saqlanayotgan ishlar va hujjatlarni elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan topshiriq ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida fikr almashildi.

Seminar ishtirokchilari bilan mavzu yuzasidan qizg‘in savol javoblar, o‘zaro fikr almashishlar bo‘lib o‘tdi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tuman sudining sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi

Sud raisi O‘ktam Rasulov va sudya Aziz Olimovlar tomonidan Ko‘kdala tuman hokimligi binosida o‘tkazilgan ochiq sayyor sud majlisida bir qator jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqildi.

Sud hukmi bilan aybli deb topilib, bugungi kunda ozodlikni cheklash jazosini o‘tab kelayotgan 4 nafar mahkumlarning sodir qilgan qilmishidan pushaymonliklari, jinoyatining oqibatlarini tushunib yetganliklari inobatga olinib, insonparvarlik tamoyillari ko‘ra belgilangan jazosidan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Sayyor sud majlisi davomida jinoyat ishlari bo‘yichap Ko‘kdala tuman sudi raisi O‘ktam Rasulov bugungi kunda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qonunchilikka kiritilayotgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalar xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tar ekan, jamiyatda har qanday qonun buzilishi holatlari uchun jazo muqarrarligini, qonun hamma uchun barobar ekanligini ta’kidladi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Qashqadaryo viloyati sudlari mutasaddilari tomonidan Qarshi tumanida sayyor qabul tashkil etildi

Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy mavzudagi murojaatlariga yechim izlashga qaratilgan ishlarni jonlantirish maqsadida Qashqadaryo viloyat sudlari mas’ullari tomonidan Qarshi tumani “Chorag‘il” mahalla fuqarolar yig‘inida sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida turli masalalarda huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan 15 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Fuqarolarning murojaatlari sud mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Ko‘mak so‘rab kelgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Sayyor qabul doirasida o‘tkazilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudining sayyor sud majlisida Qarshi tuman IIB Probatsiya guruhi nazorati ostida turgan 10 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Qashqadaryo viloyati sudlari raislari va o‘rinbosarlari ishtirokida Chiroqchi tumanida sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabul tashkil etildi

Qashqadaryo viloyati sudlari raislari va o‘rinbosarlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy mavzudagi murojaatlariga yechim izlashga qaratilgan ishlarni jonlantirish maqsadidagi Chiroqchi tumanida sayyor qabullar tashkil etildi.

Qabul davomida turli masalalarda huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan 20 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Jonibek Mengliqulovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Chiroqchi tumani bo‘limi tomonidan  noqonuniy qurilishi sabab 51 mln so‘m miqdorda jarima  tayinlagan.

Uning jarima jazosini yengillashtirishni so‘rab sayyor qabulga qilgan murojaati mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining sayyor sud majlisida Jonibek Mengliqulovning ishi ko‘rib chiqilib, sud tomonidan unga nisbatan qonunda ko‘rsatilgan jarima jazosini ko‘rsatilgan miqdordan kamroq, ya’ni 3 mln 400 ming so‘mga kamaytirib berildi.

Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda ko‘plab fuqarolarning murojatlariga yechim topildi. Zero, bu kabi xayrli ishlardan ko‘zlangan maqsad ham avvalo, odamlarning bugungi hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchundir.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Skip to content