Qashqadaryo viloyat sudi mas’ullari ishtirokida Yakkabog‘ tumanida sayyor qabul tashkil etildi

Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy mavzudagi murojaatlariga yechim izlashga qaratilgan ishlarni jonlantirish maqsadidagi Qashqadaryo viloyat sudlari raislari va o‘rinbosarlari tomonidan olis qishloq, mahalla va ovullarda o‘tkzib kelinayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi Yakkabog‘ tumani “Ishkent” MFY da o‘tkazildi.

Tashkil etilgan sayyor qabulda turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan 29 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat sud mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Murojaatlar nazoratga olinib, ko‘mak so‘rab kelgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Sayyor qabul doirasida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida Yakkabog‘ tuman IIB Probatsiya guruhi nazoratida turgan 10 nafar mahkumlarning o‘talmay qolgan jazosini muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish haqidagi taqdimnoma ko‘rib chiqildi va mazkur fuqarolar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ sudi tomonidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudida davra suhbati tashkil etildi

Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudida Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023 yil 14 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi qarori yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi raisi vazifasini bajaruvchi B.Qilichov ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023 yil 16 mart kunidagi 11-107-23-sonli xati yuzasidan ma’ruza qilib, mazkur topshiriq xati ijrosini munosib ta’minlash lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi xodimi R.Raxmonov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining loyihasi yuzasidan ma’ruza qildi.

Davra suhbati ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo’limi

DIQQAT, TANLOV!

Qashqadaryo viloyat, tumanlararo, tuman va shahar sudlarining quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qilinadi:

– Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudya yordamchisi vazifasiga 2 nafar;

– Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudining arxiv mudiri vazifasiga 1 nafar;

– Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining sudya yordamchisi vazifasiga 1 nafar.

Tanlovda oliy yuridik ma’lumotli, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin.

Nomzodlar ochiqlik, shaffoflik, tenglik prinsiplari asosida Komissiya tomonidan belgilangan tartibda suhbatdan o‘tkaziladi.

Arizalar 2023 yil 16 mart soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun tel: (75) 221-05-58.

Elektron pochta manzili: qash.kadr@sud.uz

Manzil:  Qashqadaryo viloyat sudi (180108, Qarshi shahri Bunyodkorlik ko‘chasi 10 a uy)

Skip to content