Qashqadaryo viloyati sudlari raislari va o‘rinbosarlari ishtirokida Chiroqchi tumanida sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabul tashkil etildi

Qashqadaryo viloyati sudlari raislari va o‘rinbosarlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy mavzudagi murojaatlariga yechim izlashga qaratilgan ishlarni jonlantirish maqsadidagi Chiroqchi tumanida sayyor qabullar tashkil etildi.

Qabul davomida turli masalalarda huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan 20 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Jonibek Mengliqulovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Chiroqchi tumani bo‘limi tomonidan  noqonuniy qurilishi sabab 51 mln so‘m miqdorda jarima  tayinlagan.

Uning jarima jazosini yengillashtirishni so‘rab sayyor qabulga qilgan murojaati mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining sayyor sud majlisida Jonibek Mengliqulovning ishi ko‘rib chiqilib, sud tomonidan unga nisbatan qonunda ko‘rsatilgan jarima jazosini ko‘rsatilgan miqdordan kamroq, ya’ni 3 mln 400 ming so‘mga kamaytirib berildi.

Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda ko‘plab fuqarolarning murojatlariga yechim topildi. Zero, bu kabi xayrli ishlardan ko‘zlangan maqsad ham avvalo, odamlarning bugungi hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchundir.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Qashqadaryo viloyati sudlarining 2024-yilning 1-choragi davomidagi faoliyati tahlili hamda sohaga oid muhim va dolzarb masalalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

2024-yilning 1-choragi davomida Qashqadaryo viloyat, tumanlararo, tuman va shahar sudlariga 2.995 (2023-yil 1-choragi davomida 3.468) ta murojaat kelib tushgan (murojaatlar 2023-yil 1-choragiga nisbatan 473 taga kamaygan).

Mazkur murojaatlarning

269 (320) tasi umumiy murojaatlar, o‘tgan yilga nisbatan 51 taga kamaygan;

1.028 (1.504) tasi shaxsiy va sayyor qabullar jarayonida kelib tushgan murojaatlar, o‘tgan yilga nisbatan 476 taga kamaygan;

1.634 (1.594) tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va halq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar, o‘tgan yilga nisbatan 40 taga ko‘paygan;

5 (1) tasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar portali  orqali kelib tushgan murojaatlar, o‘tgan yilga nisbatan 4 taga ko‘paygan;

58 (48) ta O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar, o‘tgan yilga nisbatan 10 taga ko‘paygan.

Murojaatlarning 574 (383) tasi sud qarorlari yuzasidan, 96 (49) tasi sud hujjatlari ijrosi yuzasidan, 2 (7) tasi sud hujjatini vaqtida ololmayotganligi yuzasidan, 22 (30) tasi sudyalarning xatti-harakatlari yuzasidan, 9 (4) tasi sud xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan, 0 (2) tasi murojaatiga vaqtida javob ololmayotganligi yuzasidan, 10 (14) tasi ish vaqtida ko‘rilmayotganligi yuzasidan, 2.062 (2.826) tasi boshqa masalalar bo‘yicha kelib tushgan arizalarni tashkil etadi.

Kelib tushgan murojaatlarning o‘rganish natijalariga ko‘ra 44 (48) tasi qanoatlantirilgan, 8 (7) tasi rad qilingan, 2.793 (3.356) tasiga tushuntirish berilgan, 9 (8) tasi taalluqliligiga ko‘ra yuborilgan, 42 (22) tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborilgan, 4 (1) tasi anonim murojaatlar bo‘lganligi bois ko‘rmasdan qoldirilgan, shuningdek, 95 (26) ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

Shundan 58 (85) tasi takroriy, 49 (26) tasi dublikat murojaatlar hisoblanadi.

 

JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA SUDLAR

 

2024-yil 1-choragida  1202 shaxsga nisbatan 900 ta jinoyat ishi ko‘rilgan.

Ishi ko‘rib tamomlangan shaxslarning 980 tasi yoki 81,5 foizi bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgan, 1 tasi yoki 0,08 foizi oqlangan, 218 tasi yoki 18,1 foizining ishi harakatdan tugatilgan, shundan 206 tasi yoki 17,1 foizining ishi yarashuv asosida tugatilgan.

Oqlov hukmlari-3 shaxs:

Birinchi instansiyada 1 shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan.

Apellyatsiya instansiyasida 2 ta ish bo‘yicha 2 shaxs oqlangan.

Oqlov hukmlarining o‘sish dinamikasi:

2014 yilda 2 shaxs,

2015 yilda 4 shaxs,

2016 yilda 1 shaxs,

2017 yilda 17 shaxs,

2018 yilda 93 shaxs,

2019 yilda 146 shaxs,

2020 yilda 47 shaxs,

2021 yilda 40 shaxs,

2022 yilda 37 shaxs,

2023 yilda 30 shaxs.

 

Birinchi instansiyada 39 ta ish bo‘yicha 67 shaxsdan asossiz ayblovlar sudlanuvchilarning zimmasidan chiqarilgan.

Apellyatsiya instansiyasida 19 ta ish bo‘yicha 31 shaxsdan asossiz ayblovlar sudlanuvchilarning zimmasidan chiqarilgan.

Kassatsiya instansiyasida 4 ta ish bo‘yicha 4 shaxsdan asossiz ayblovlar sudlanuvchilarning zimmasidan chiqarilgan.

7 ta reabilitatsiya etilgan shaxslarga davlat hisobidan 302,503,495 so‘m moddiy zarar undirish belgilangan.

 

Tayinlangan jazo choralari:

Sudlanganlarning

107 shaxsga yoki 11,4 foiziga jarima;

2 shaxsga yoki 0,2 foiziga majburiy jamoat ishlari;

253 shaxsga yoki 27 foiziga axloq tuzatish ishlari;

192 shaxsga yoki 20,5 foiziga ozodlikni cheklash;

381 shaxsga yoki 40,7 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

10 shaxs yoki 0,8 foizi shartli hukm qilingan.

35 shaxsga yoki 2,9 foiziga jazo tayinlamasdan hukm chiqarilgan.

Voyaga yetmagan 52 shaxsga nisbatan (jami ko‘rib tamomlangan ishlarning 4,3 foizi) jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan, 45 shaxsga yoki 3,7 foiziga hukm chiqarilgan, 7 shaxsga yoki 0,5 foiziga oid ishlar tugatilgan, Voyaga yetmaganlarning 11tasiga yoki 21 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

141 nafar ayollarga nisbatan (jami ko‘rib tamomlangan ishlarning 11,7 foizi) ishlar ko‘rib tamomlangan, 122 nafariga yoki 10,1 foiziga hukm chiqarilgan, 19 nafariga yoki 1,5 foiziga oid ishlar tugatilgan. Ayblov hukmi chiqarilgan ayollarning 21 tasiga yoki 14,8 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

59 nafar yoki 4,9 foiz 60 yoshdan oshganlarga nisbatan ishlar ko‘rib tamomlangan, 50 nafariga yoki 4,2 foiziga hukm chiqarilgan, 9 nafariga yoki 0,7 foiziga oid ishlar tugatilgan. Ayblov hukmi chiqarilgan 60 yoshdan oshganlarning 11tasiga yoki 18,6 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Yoshlar agentligining kafolat xati asosida 3 nafar voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan 1 ta ish ko‘rilgan, ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

Mahalla fuqarolar yig‘ini, Xotin-qizlar qo‘mitasining kafolat xati asosida ishlar ko‘rilmagan.

Birinchi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud qarorlaridan apellyatsiya instansiyasida 82 (6,8%) shaxsga nisbatan o‘zgartirilgan, 27 (2,2%) shaxsga nisbatan bekor qilingan.

Viloyat sudning kassatsiya instansiyasida 4 (0,3%) shaxsga nisbatan o‘zgartirilgan bo‘lsa,  sud qarorlari bekor qilinmagan.

Viloyat sudning taftish instansiyasida 1 (0,08%) shaxsga nisbatan sud qarori o‘zgartirilgan, sud qarorlari bekor qilinmagan.

158 ta jinoyat ishlari videokonferensaloqa rejimida ko‘rilib, 182 marta sud majlislari o‘tkazilgan, 244 nafar ishtirokchi qatnashgan, boshqa sudlar tomonidan 94 marta ko‘mak berilib, 51.500.480 so‘m mablag‘ tejab qolingan.

Jinoyat sodir etgan 125 shaxs sud zalidan qamoqqa olingan.

Jinoyat sodir etgan 62 shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilingan.

335 shaxsga JKning 57-moddasi tartibida yengilroq jazo tayinlangan.

392 shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosining saqlash sharoiti o‘zgartirilib, JIKning 113-moddasi tartibida manzil- koloniyalarga o‘tkazilgan.

306 shaxsning jazosi JKning 74-moddasi tartibida yengilrog‘i bilan almashtirilgan.

609 shaxs JKning 73-moddasi tartibida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilingan.

389 ta qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomalar ko‘rilgan, 387 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 2 tasi yoki 0,5 foizi rad qilingan.

Sayyor sud majlislarida 268 ta ish yoki 29,7 foizi ko‘rilib, 4092 ta fuqaro ishtirok etgan. 4 tasi televideniyada yoritilgan.

Xususiy ajrim 693 ta yoki 77 foiz chiqarilgan.

Birinchi instansiyada 1815 ta materillar ko‘rib tamomlangan.

Sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 45.775.806.938 so‘mlik zararni qoplaganligi sababli birinchi va apellyatsiya instansiyalarida 194 shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

Tuman va shahar sudlarining har bir sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi jinoyat ishi bo‘yicha 10 tani, materiallar 21 tani, jami 31 tani tashkil qilgan.

Viloyat sudi sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi apellyatsiya instansiyasida 8 tani, kassatsiya instansiyasida 1 tani, taftish instansiyasida 0,9 tani, barcha instansiyada ko‘rilgan materiallar 2,1 tani, jami 12 tani tashkil qilgan.

23 marta korxona va tashkilotlarda ma’ruza, suhbat va uchrashuvlar o‘tkazilgan.

448 marta aholi o‘rtasida ma’ruza, suhbat va uchrashuvlar o‘tkazilgan.

41 marta o‘quv muassasalarida ma’ruza, suhbat va uchrashuvlar o‘tkazilgan.

43 marta gazeta-jurnallarda maqolalar chop etilgan.

31 marta radioda chiqishlar qilingan.

74 marta televideniyada chiqishlar qilingan.

105 marta rasmif veb-saytlarda chiqishlar qilingan.

 

JPK 416-417-moddalariga asosan tergovga yuborilgan ajrimlar:

Birinchi instansiyada 45 shaxsga nisbatan 25 ta ish tergovga yuborilib, 2 tasi bo‘yicha vajlari tasdiqlangan, 5 tasi bo‘yicha vajlari tasdig‘ini topmagan, 7 ta ish sudga qaytarilgan, 18 ta ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Apellyatsiya instansiyasida 7 shaxsga nisbatan 6 ta ish tergovga yuborilib, 2 tasi bo‘yicha vajlari qisman tasdig‘ini topgan, 1 tasi bo‘yicha vajlari tasdig‘ini topmagan, 3 ta ish sudga qaytarilgan, 3 ta ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Kassatsiya instansiyasida 1 shaxsga nisbatan 1 ta ish tergovga yuborilib, ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Taftish instansiyasida 1 shaxsga nisbatan 1 ta ish tergovga yuborilib, ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Ayrim jinoyatlarning modda kesimida kamayishi tahlili

 

Qasddan badanga yengil shikast yetkazish (JK 109-modda) jinoyatlari 77 (96) ta yoki 19 taga;

Qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘irlikda tan jarohati yetkazish (JK 104-105-moddalari) jinoyatlari 84 (103) ta yoki 19 taga;

Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik (JK 116-modda) jinoyati 1 (3) ta yoki 2 taga;

Xavf ostida qoldirish (JK 117-modda) jinoyati 4 (7) ta yoki 3 taga;

Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash (JKning 122-moddasi) jinoyati 22 (39) ta yoki 7 taga;

Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etish (JK 127-moddasi) jinoyati 8 (4) ta yoki 4 taga;

O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish  (JKning 167-moddasi) jinoyatlari 86(97)ta yoki 11taga;

Firibgarlik (JKning 168-moddasi) jinoyatlari 130(150)ta yoki 20taga;

O‘g‘irlik (JKning 169-moddasi) jinoyatlari 82(91)ta yoki 9taga;

Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (JKning 206-moddasi) jinoyati 2(6)ta yoki 4taga;

Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish (JKning 266-moddasi) jinoyatlari 115(139)ta yoki 24taga kamaygan.

 

Ayrim jinoyatlarning modda kesimida o‘sishi tahlili:

 

Qasddan odam o‘ldirish (JKning 97-moddasi) jinoyatlari 5 (4) ta yoki 1 taga;

O‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (JKning 103-moddasi) jinoyatlari 4 (1) ta yoki 3 taga;

Qiynash (JKning 110-moddasi) jinoyatlari 4 (3) ta yoki 1 taga;

Qo‘shmachilik qilish yoki foxishaxona saqlash (JKning 131-moddasi) jinoyati 29 (13) ta yoki 16 taga;

Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish (JKning 185/2-moddasi) jinoyati 39 (9) ta yoki 30 taga;

O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish (JKning 159-moddasi) jinoyatlari 1 (0) ta yoki 1 taga;

Bosqinchilik (JK 164-moddasi) jinoyati 12 (1) ta yoki 11 taga;

Tovlamachilik (JK 165-moddasi) jinoyati 12 (1) ta yoki 11 taga;

Talonchilik (JKning 166-moddasi) jinoyatlari 9 (1) ta yoki 8 taga;

Pora berish (JKning 211-moddasi) jinoyati 35 (33) ta yoki 2 taga;

Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish (JKning 228-moddasi) jinoyati 69 (66) ta yoki 3 taga;

O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlash vositalarining yoki portlash qurilmalarining qonunga xilof muomalasi (JKning 248-moddasi) jinoyatlari 1 (0) ta yoki 1 taga;

Giyohvandlik vositalarining qonunga xilof muomalasi (JKning 270-276 moddalari) jinoyatlari 108 (36) ta yoki 72 taga;

Bezorilik (JKning 277-moddasi) jinoyati 44 (43) ta yoki 1 taga ko‘paygan.

 

Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar

 

2024-yil 1-choragi davomida 12.515 shaxsga nisbatan 10.052 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib tamomlangan. 7.322 shaxsga nisbatan 6.302 ta ish bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqarilgan bo‘lsa, 5.193 shaxsga nisbatan 3.750 ta ish harakatdan tugatilgan. Ma’muriy jazo qo‘llanilgan 7.322 shaxsning 6.338 nafariga yoki 86,5 foiziga jarima, 29 nafariga yoki 0,3 foiziga maxsus huquqdan mahrum qilish, 954 nafariga yoki 13 foiziga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 1 shaxsga huquqbuzarlik  ashyosini musodara qilish jazosi tayinlangan.

722 shaxsga nisbatan 468 ta ish O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 21-moddasiga asosan, 4.471 shaxsga nisbatan 3.282 ta ish MJtKning 271, 212-moddalariga asosan tugatilgan.

Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar bo‘yicha 3.287 ta materiallar ko‘rib tamomlangan, shundan 2.729 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 558 tasi yoki 17% rad qilingan.

Birinchi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud qarorlaridan apellyatsiya instansiyasida 229 shaxsga nisbatan 189 ta ish ko‘rilgan, 29(0,2%) shaxsga nisbatan sud qarorlari o‘zgartirilgan bo‘lsa, 68 (0,5%) shaxsga nisbatan sud qarorlari bekor qilingan.

Birinchi instansiya sudlarida ko‘rilgan ma’muriy huquqbuzalik ishlari bo‘yicha materiallardan apellyatsiya intansiyasida 110 tasi ko‘rilgan, 32 tasi bo‘yicha sud qarorlari o‘zgartirilgan bo‘lsa, 34 tasi bo‘yicha sud qarorlari bekor qilingan.

Tuman va shahar sudlarining har bir sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar bo‘yicha 105 tani, materiallar 34,2 tani, jami 139,2 tani tashkil qiladi.

Viloyat sudi sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi yuqori instansiyada 8,7 tani, materiallar 4 tani, jami 12,7 tani tashkil qiladi.

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA SUDLAR

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlari tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida 23.357 ta ishlar ko‘rilgan, shundan 6.111 ta fuqarolik ishi, 1.224 ta material tartibda ko‘rilgan ishlar, 1 ta hakamlik sudining hal qiluv qaroriga doir ishlar, shuningdek 119.692.116.620 so‘mlik 16.021 ta sud buyrug‘i chiqarilgan.

Har bir sudyaning o‘rtacha oylik ish hajmi 129 ta fuqarolik ishi, 281 ta sud buyrug‘ini, jami 410 tani tashkil qilgan. Viloyatda sudyaning o‘rtacha oylik ish hajmi 35 ta fuqarolik ishini tashkil etgan.

Tumanlararo sudlari tomonidan mazmunan ko‘rib tamomlangan jami 6.111 ta fuqarolik ishlaridan 4.850 ta hal qiluv qarori chiqarilib, 4.142 ta da’vo qanoatlantirilgan, 708 ta da’vo rad etilgan, 1.113 ta ko‘rmasdan qoldirilgan, 148 ta ish yuritishdan tugatilgan.

Sudlar tomonidan nikohdan ajratish bilan bog‘liq jami 1.220 ta fuqarolik ishi ko‘rilib, shundan 515 tasi qanoatlantirilgan, 54 ta fuqarolik ishi taraflar yarashganligi sababli ish yuritishdan tugatilgan, 424 ta da’vo rad qilingan, 127 ta da’vo arizasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Sudlar tomonidan 2024-yil 1-choragi davomida ko‘rilgan ishlardan 434 tasi mehnat nizolarini, 2.341 tasi oila nizolarini, 150 tasi uy-joy nizolarini, 42 tasi mulk huquqini, 9 tasi kommunal xizmat bo‘yicha qarzdorlik va zarar undirishni, 983 tasi bitim bilan bog‘liq ishlarni, 730 tasi yer bilan bog‘liq nizolarini, 23 tasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, 204 tasi zarar undirishni hamda 414 tasi alohida tartibda yuritilgan ishlarni, 781 tasi da’vo tartibida ko‘rilgan boshqa ishlarni tashkil qiladi.

Sudlar tomonidan kredit  shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar bilan bog‘liq 882 ta fuqarolik ishlari ko‘rilgan. 330.107.184.393 so‘mlik 660 ta  da’vo arizalari qanoatlantirilgan.

Sudlar tomonidan 93 marta turli huquqiy mavzularda leksiya, uchrashuv va suhbatlar o‘tkazilgan, 21 marta televideniyeda, 16 marta radioda chiqishlar qilingan, 8 marta matbuotda maqolalar e’lon qilingan, 3ta veb-sayt va boshqa axborot vositalarida chiqishlar qilingan, shuningdek 171 ta yoki 2,3 foiz fuqarolik ishlari sayyor sud majlislarida ko‘rilgan. Sudlar tomonidan ko‘rilgan fuqarolik ishlari yuzasidan 106 ta xususiy ajrimlar chiqarilgan.

Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 2023 yil 1-choragida sud amaliyoti yuzasidan jami 4 ta umumlashtirish o‘tkazilgan.

Fuqarolik ishlar bo‘yicha 108.542.724.262 so‘mlik 26.759 ta ijro hujjatlari chiqarilgan. 13.355.079.059 so‘mlik 5.789 ta 19,4 foiz ijro hujjatlari tamomlangan. 91.904.461.940 so‘mlik 20.378 ta 76,2 foiz ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmay qolgan.

Viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib tamomlangan jami 295 ta ishlarning 264 tasi hal qiluv qarorlari yuzasidan, 31 tasi ajrimlar yuzasidan ko‘rilgan.

Shundan, 34 ta hal qiluv qarori bekor qilingan, 13 ta hal qiluv qarori o‘zgartirilgan, 217 ta hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Viloyat sudining kassatsiya instansiyasida ko‘rib tamomlangan jami 585 ta ishlarning 578 tasi hal qiluv qarorlari yuzasidan, 7 tasi ajrimlar yuzasidan ko‘rilgan.

Shundan, 1 ta hal qiluv qarori bekor qilingan, 3 ta hal qiluv qarori o‘zgartirilgan, 574 ta hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Viloyat sudining taftish instansiyasida ko‘rib tamomlangan jami 77 ta ishlarning 74 tasi hal qiluv qarorlari yuzasidan, 3 tasi ajrimlar yuzasidan ko‘rilgan.

Shundan, 4 ta hal qiluv qarori bekor qilingan, 1 ta hal qiluv qarori o‘zgartirilgan, 69 ta hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.

 

IQTISODIY SUDLAR

 

Qashqadaryo viloyati iqtisodiy sudlari tomonidan
2024-yil 1-choragida jami 2.576 ta (o‘tgan yilning shu davrida 7.804 ta) iqtisodiy ishlar mazmunan hal etilgan. Ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5.228 taga yoki 3 baravarga kamaygan.

Sudlar kesimida ko‘rilgan ishlar hajmi Qarshi tumanlarar iqtisodiy sudi 542 (3.052) ta, Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudi 477 (1.059) ta, Koson tumanlarar iqtisodiy sudi 408 (1.217) ta, Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudi 369 (837) ta, Yakkabog‘ tumanlararo iqtisodiy sudi 347 (861) ta, G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudi 278(497)ta, Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudi 147(276)tani tashkil etib qo‘paygan bo‘lsa, viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati birinchi instansiyada 8(5)tani tashkil qilgan holda kamaygan.

Nizo toifasi bo‘yicha:

– Fuqarolik huquqiy munosabatlarga oid 2.017 ta (3.645 ta);

– Ma’muriy huquqiy munosabatlarga oid 416 ta (4.005 ta);

– Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlashga oid 2 ta (0 ta);

– Tashkilot va fuqarolarning bankrotligiga oid 130 ta (148 ta);

– Korporativ (ta’sischilar o‘rtasidagi nizo) munosabatlarga oid 11 ta(6 ta) ishlar ko‘rilgan.

IPKning 231-bobiga asosan soddalashtirilgan ish yuritish tartibida 146 (475) ta ish ko‘rilgan.

Iqtisodiy sud sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi 107 tani, viloyat sudi sudyasining ish hajmi 13,2 tani tashkil etgan bir paytda, ushbu ko‘rsatkich Yakkabog‘ tumanlararo sudida–173,5 tani, G‘uzor tumanlararo sudida–139 tani, Kasbi tumanlararo sudida–119,3 tani, Koson tumanlararo sudida–102 tani, Shahrisabz tumanlararo sudida–92,3 tani, Qarshi tumanlararo sudida–90,3 tani, Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudida-74 tani tashkil etgan.

Jismoniy va yuridik shaxslarga qulayliklar yaratish hamda aholi orasida sudning ta’sirchanligini oshirish maqsadida hisobot davrida iqtisodiy sudlar sudyalari tomonidan jami             748 (11.210) ta yoki 29,04 foiz  ishlar sayyor sud majlislarida ko‘rilgan.

2024 yilning 1-choragi davomida, Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi sudida 141 ta iqtisodiy ishl ko‘rib tamomlanib, shundan 27 ta (19,1 %) sud hujjatlari bekor qilingan (19 tasi bo‘yicha yangi qaror qabul qilingan, 3 tasi birinchi instansiya sudida ko‘rish uchun yuborilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 4 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan), 20 ta(14,19 %) sud hujjatlari o‘zgartirilgan, 94 ta(66,7 %) ish bo‘yicha sud hujjatlari o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Kassatsiya instansiyasi sudida 6 ta iqtisodiy ishlar ko‘rib tamomlanib, shundan 2 ta (33,3 %) sud hujjatlari bekor qilingan (2 tasi bo‘yicha yangi qaror qabul qilingan), 4 ta(66,7 %) ish bo‘yicha sud hujjatlari o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Taftish instansiyasida mazkur davr mobaynida 30 ta iqtisodiy ishlar ko‘rib tamomlanib, shundan 13 ta(43,34 %) sud hujjatlari bekor qilingan (7 tasi bo‘yicha yangi qaror qabul qilingan, 2 tasi apellyatsiya instansiya sudida ko‘rish uchun yuborilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 3 tasi bo‘yicha avvalgi sud hujjati kuchida qoldirilgan), 2 ta (6,67 %) sud hujjatlari o‘zgartirilgan, 15 ta (50 %) ish bo‘yicha sud hujjatlari o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Sudlar tomonidan 62 (37) ta sud ta’sir choralari qo‘llanilgan bo‘lib, shundan 1 (1) tasi ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, 2 (4) tasi moddiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, 8 (4) tasi intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida hamda 51 (28) tasi boshqa masalalar bo‘yicha xususiy ajrim va taqdimnomalardir.

Iqtisodiy sud sudyalari tomonidan aholiga qonunlarni tushuntirish, amaldagi qonunchilikni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish hamda qoidabuzarliklarni oldini olish yuzasidan 151 (189) marotaba targ‘ibot ishlari olib borilgan, ommaviy axborot vositalarida 31 (51) ta, shu jumladan: televideniyeda 6 (15) ta, radioda 14 (14) ta, matbuotda 6 (8) ta va veb-sayt va boshqa axborot vositalarida 5 (14) ta chiqishlar qilingan.

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar sudlar kesimida, viloyat sudida 12 ta, Kasbi tumanlararoda 6 ta, Shahrisabz tumanlararoda 4 ta, Koson tumanlararoda 3 ta, Qarshi tumanlararoda 2 ta, Chiroqchi tumanlararoda 3 ta, G‘uzor tumanlararoda 1 tani tashkil etadi.

Aholi orasida 120 (138) marotaba davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazilgan.

 

Ijro ahvoli

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha 99.634.082.618 so‘mlik 1.009 ta ijro hujjatlari chiqarilgan. 11.612.215.995 so‘mlik 340 ta 34 foiz ijro hujjatlari tamomlangan. 88.000.551.023 so‘mlik 666 ta 66 foiz ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmay qolgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha 14.191.588.715 so‘mlik 5.441 ta ijro hujjatlari chiqarilgan. 2.818.358.870 so‘mlik 1.675 ta 30,8 foiz ijro hujjatlari tamomlangan. 11.372.370.306 so‘mlik 3.763 ta 69,2 foiz ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmay qolgan.

Fuqarolik ishlar bo‘yicha 108.542.724.262 so‘mlik 26.759 ta ijro hujjatlari chiqarilgan. 13.355.079.059 so‘mlik 5.789 ta 19,4 foiz ijro hujjatlari tamomlangan. 91.904.461.940 so‘mlik 20.378 ta 76,2 foiz ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmay qolgan.

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha 108.968.575.581 so‘mlik 2.824 ta ijro hujjatlari chiqarilgan. 7.243.133.141 so‘mlik 823 ta 29,1 foiz ijro hujjatlari tamomlangan. 96.707.837.603 so‘mlik 1.495 ta 52.94 foiz ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmay qolgan.

Jami 287.985.220.872 so‘mlik 26.302 ta yoki 72,9 foiz sud qarorlarining ijrosi ta’minlanmagan.

287.985.220.872 so‘m yoki (kurs 12.680) 22.711.768 AQSH dollarini tashkil qiladi.

MA’MURIY SUDLAR

2024-yil 1-choragi davomida Qashqadaryo viloyat va tumanlararo ma’muriy sudlarida shtat bo‘yicha belgilangan 13 ta sudyadan bugungi kunda 13 ta sudya to‘liq tarkibda o‘z vazifasini amalga oshirib keldi.

2024-yil 1-choragi davomida Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudlarining birinchi instansiyasida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 390 ta ish kelib tushgan bo‘lib, shundan 316 ta ish ko‘rib tamomlangan hamda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 % ga ko‘paygan.

Shundan, 153 tasi qanoatlantirilgan, 139 tasi rad qilingan, 16 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 8 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudlarining birinchi instansiyasi tomonidan 2024 yil 1-choragi davomida jami 66 ta xususiy ajrim chiqarilgan bo‘lib, mansabdor shaxslarga intizomiy jazo choralari qo‘llanilmagan, mazkur ko‘rsatgich o‘tgan yilga nisbatan 12,1 foizga o‘sgan.

Quyidagi ma’muriy organlar mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish bilan bog‘liq ishlar nisbatan ko‘proq ko‘rilgan:

-Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 143 ta ko‘rilgan. 2023-yilning mos davriga nisbatan deyarli 2,7 %ga ko‘paygan.

Shundan, 117 tasi qanoatlantirilgan, 23 tasi rad etilgan, 2 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 tasi ish yuritishdan tugatilgan.. Chiqarilgan sud ta’sir choralarining asosiy qismi, ya’ni 46 tasi, xususiy ajrimlarni 69,6 foizi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mansabdor shaxslarida aniqlangan qonunbuzilish holatlariga nisbatan chiqarilgan.

-Davlat soliq organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 55 ta ko‘rilgan. 2023 yilning mos davriga nisbatan deyarli 36,6 %ga ko‘paygan.

Shundan, 16 tasi qanoatlantirilgan, 32 tasi rad etilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 6 tasi ish yuritishdan tugatilgan.

-Hokimiyat mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish va hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 49 ta ish ko‘rilgan. Shundan, 9 tasi qanoatlantirilgan, 33 tasi rad etilgan, 3 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 4 tasi ish yuritishdan tugatilgan.

Mahalliy hokimliklar bilan bog‘liq ishlar 2023 yilning mos davriga nisbatan (101 ta) 51,4 foizga kamaygan. Buni qabul qilingan yangi tartib-tamoyillarga asosan yer bilan bog‘liq munosabatlarda inson omilining keskin kamayganligi va 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yil 1 avgustdan boshlab hokimning yer ajratish vakolati olib qo‘yilishi bilan bog‘lash mumkin.

-Kadastr agentligi va kadastr palatasi mansabdor shaxslari bilan bog‘liq ishlar jami 24 ta ko‘rilib, 4 tasi qanoatlantirilgan, 19 tasi rad etilgan va 1 tasi ish yuritishdan tugatilgan.

-Majburiy ijro byurosi markaziy va hududiy idoralari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ular tomonidan chiqarilgan qarorlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq 37 ta (2023 yili 32 ta) ish ko‘rilgan bo‘lib, shundan 7 tasi qanoatlantirilgan, 26 tasi rad etilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 3 tasi sh yuritishdan tugatilgan;

Bir oz vaqt muqaddam qonunchilikka ko‘ra, iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisining chiqargan qarori ustidan undiruvchi yoki qarzdor tomonidan ijro hujjatini bergan iqtisodiy sudga shikoyat berilish nazarda tutilgan edi.

Endilikda O‘zbekiston Respublikasining 833-sonli qonuniga ko‘ra ushbu tartib o‘zgartirilib davlat ijrochisining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qaror chiqarilganligi to‘g‘risida xabar qilingan kundan yoki manfaatdor shaxsga o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan yerdagi ma’muriy sudga yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladigan bo‘ldi.

Iqtisod sudlarida endilikda bunday ishlar ko‘rilmaydi. Yagona sud amaliyoti yaratilishi uchun amalga oshirilgan o‘zgarish.

Bu ishlarni ko‘rishda ma’muriy organ tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato bu aliment qarzdorligini bir tomonlama vakolatdan chetga chiqqan holda hisoblash va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
6 oktabrdagi 808-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi” Nizom talablariga zid ravishda chet elga chiqish taqiqlarini bekor qilish bilan bog‘liq masalalar diqqatga sazovor.

-Adliya organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 3 ta ish ko‘rilgan. Shundan, 2 tasi rad qilingan, 1 tasi ish yuritishdan tugatilgan.

2024-yil 1-choragi davomida apellyatsiya instansiyasida jami
49 ta ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chikadigan ishlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 42 ta ish ko‘rilgan, o‘tgan yilga nisbatan 2,1 %ga kamaygan.

Shundan 34 ta ish o‘zgarishsiz qoldirilib, 7 ta ish bekor qilingan, 1 ta ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rmasdan qoldirilgan.

Apellyatsiyada ko‘rilgan ishlar bo‘yicha jami 15 ta ish yakuni yuzasidan qonun hujjatlari buzilish holatlari aniqlanib, sudlov hay’atlari tomonidan xususiy ajrimlar chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirilgan.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi apellyatsiya sudlov hay’atlari tomonidan javobgar organlarga nisbatan 1 ta ishni ko‘rish natijasida taraflarning xatti-harakatida jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligiga huquqiy baho berilishi uchun prokuratura idoralariga xabarnomalar yuborilgan.

2024-yil 1-choragi davomida kassatsiya instansiyasida jami
5 ta ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chikadigan ishlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 1 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, sud hujjati o‘zgarishsiz qoldirilgan.

2024-yil 1-choragi davomida taftish instansiyasida jami
43 ta ish kelib tushgan bo‘lib, shundan 37 ta ish ko‘rilgan.

Shundan, 35 ta ish o‘zgarishsiz qoldirilib, 1 ta ish bekor qilingan, 1 ta ish taftish instansiyasida ish yuritishdan tugatilgan.

Taftish instansiyasida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha jami 4 ta ish yakuni yuzasidan qonun hujjatlari buzilish holatlari aniqlanib, sudlov hay’atlari tomonidan xususiy ajrimlar chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirilgan.

 

Profilaktik targ‘ibot ishlari

 

Qashqadaryo viloyat va tumanlararo ma’muriy sudlari tomonidan aholini huquqiy madaniyatini oshirish borasida ham bir qator tadbirlar amalga oshirilgan.

Qashqadaryo viloyat va tumanlararo ma’muriy sudi sudyalari tomonidan 2024-yil 1-choragi davomida o‘tkazilgan og‘zaki huquqiy targ‘ibotlari 41 tani tashkil etib, shundan 27 ta ma’ruza, 13 ta davra suhbatlari va 1 ta seminar o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyat va tumanlararo ma’muriy sudi sudyalari tomonidan 2024-yil 1-choragi davomida 35 ta ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilinib, shundan 12 ta televideniyada, 9 ta gazeta va jurnallarda maqolalar hamda 14 ta veb-sayt va boshqa axborot vositalarida chiqishlar qilingan.

 

Shaxsiy (sayyor) qabullar tahlili

 

2024-yil 1-choragi davomida Qashqadaryo viloyat sudining raisi va tumanlararo sudi raisi hamda sudyalari tomonidan 135 ta (shundan 135 tasi yoki 100 % og‘zaki ravishda) fuqaro ariza, taklif va murojaatlar bilan qabul qilingan bo‘lib, shundan 135 tasi yoki 100 % ning qonuniy huquqlari tushuntirilgan bo‘lib, takror shikoyatlar kelib tushmagan.

Bundan tashqari Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi sudyalari tomonidan Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi, Koson, Mirishkor tumanlarida jami bo‘lib 10 nafar fuqaro qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Halq qabulxonasi va boshqa idoralar veb-sayti orqali kelib tushgan murojaatlar tahlili.

2023-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, Bosh prokuratura, Halq qabulxonasi va boshqa idoralar veb-sayti orqali Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudiga kelib tushgan jami 62 ta murojaatdan 62 tasi yoki 100 % o‘rganib chiqilib, shundan 62 ta yoki
100 % tushuntirishlar berilgan, qoldiqda murojaatlar qolmagan.

2024-yilning 1-choragi davomida Qashqadaryo viloyati va tumanlararo ma’muriy sudlariga jami 40 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 35 ta yoki 87,5 % murojaatlar o‘rganib javob berilib, 5 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda ijobiy hal qilinib, qonuniy huquqlari tushuntirilgan, qoldiqda murojaatlar qolmagan.

Qashqadaryo viloyat va tumanlararo ma’muriy sudlarida jismoniy va yuridik shaxslar (vakillari)dan kelib tushgan murojaatlarda ko‘rsatilgan barcha vajlar to‘liq tekshirilib, shaxsan sud raisi nomidan javob berish yo‘lga qo‘yilgan.

Murojaatlarni qonuniy va sifatli hal etilishi va ularni takroran kelib tushishining oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratgan holda, doimiy ravishda tahlil etib borilishi hamda aniqlangan xato-kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi belgilab qo‘yilgan.

Kelib tushgan har bir murojaatni hisobga olish, uning harakati va belgilangan muddatida ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat kuchaytirilgan.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo’limi

Nishon tumanida sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryo viloyat sudlari raislari va o‘rinbosarlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy mavzudagi murojaatlariga yechim izlashga qaratilgan ishlarni jonlantirish maqsadida  Nishon tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida turli masalalarda huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan 23 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Ahmed Sayidovga jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tuman sudining hukmi bilan 1 yil 11 oy 28 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Uning jazoning o‘talmay qolgan muddatidan ilgari ozod qilishini so‘rab sayyor qabulga qilgan murojaati viloyat sudi mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sud majlisida Ahmed Saidov o‘talmay qolgan jazosidan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Shuningdek, sayyor sud majlisida yana 8 nafar mahkum o‘talmay qolgan jazosidan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Skip to content