Qashqadaryo viloyat sudida sud qarorlarining ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi
Qashqadaryo viloyat sudi, viloyat prokuraturasi hamda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi hamkorligida sud qarorlarining ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda sud qarorlarining ijrosini ta’minlash, Adolat axborot dasturi orqali kelib tushayotgan ijro varaqalarining sifati, qonun talablariga mos kelishi, qarzdorlar bilan bog‘liq ma’lumotlarning to‘g‘riligi kelgusida sud qarorlarining ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashga xizmat qilishi, bu esa o‘z navbatida aholining sudlarga bo‘lgan ishonchi oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Seminarda taqqoslov dalolatnomalarida mavjud to‘xtatilgan ijro hujjatlariga alohida e’tibor qaratilib, kelgusida majburiy ijro byurosining tegishli tuman (shahar) bo‘limlari kesimida davlat boji undiruvi bo‘yicha to‘xtatilgan yoki to‘xtatib turish asoslari yakunlangan ijro hujjatlarining tiklanishi yuzasidan tavsiyalar va bugungi kunda ijro harakatlarida nizoli bo‘lib turgan ijro varaqalari yuzasidan tegishli tartibda tushuntirishlar berildi.
Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi