Sudyalar ichki ishlar xodimlari uchun seminar o’tkazdi
Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay’ati tashabbusi bilan viloyat IIBda tashkil etilgan seminar mehnat munosabatlari va unga rioya etish mavzuida bo’lib o’tdi.
Unda viloyat sudi raisi o’rinbosari-fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay’ati raisi Kamol Namazov ma’ruza qilib, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasiga muvofiq xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek, muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish va ishga tiklash haqidagi da’vo arizalari ko’rib chiqilish jarayonida ish beruvchi tomonidan yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklar xususida to’xtalib o’tdi.
Seminarda ishtirok etgan fuqarolik ishlari bo’yicha sudyalar ma’ruza qilib, Mehnat kodeksining 157, 160, 161-moddalari talablari, shuningdek, xizmat tekshiruvi bilan bog’liq masalalar, mehnat intizomini buzganlik uchun ish beruvchi tomonidan xodimlarga nisbatan qo’llaniladigan va qo’llanilishi mumkin bo’lmagan jazo choralari to’g’risida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Mansur Niymatov, fuqarolik ishlari bo’yicha Kasbi tumanlararo sudi sudyasi