Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari tomonidan “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi

Qashqadaryo viloyat Yuridik texnikumida “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Unda Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi raisi L.Abdullayev, sudyalar U.Latipov, J.Achilov, yuridik texnikumi o‘qituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan sudyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46-sonli Qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda inson huquqlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanishi, inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash borasida maqsadli choralar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tishdi. Shuningdek, inson huquqlari sohasida ta’limni takomillashtirish yuzasidan yoshlarni tenglik, inson huquqlariga amal qilish va kamsitmaslik ruhida tarbiyalash hamda inklyuziv, tinch va osoyishta jamiyatni yaratishga imkon beruvchi ta’lim berishga qaratilgan vazifalar belgilab berilganligi xususida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Qashqadaryo viloyat sudi tomonidan “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida yig‘ilish tashkil etildi

Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan korrupsiyaviy omillarga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga barcha birdek mas’uldir. Bu borada esa korrupsiyaning kelib chiqishiga imkon yaratayotgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhim sanaladi. Qashqadaryo viloyat sudi tomonidan “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida yig‘ilish tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyat sudida sudyalar va xodimlarning oila a’zolari bilan hamkorlikda ularning kasbiy mahoratini oshirish, korrupsiya va xizmat mavqeini suiste’mol qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan doimiy ravishdagi hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Tashkil etilgan navbatdagi yig‘ilishda ham viloyatdagi sudlar sudyalari, xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda sudya va sud xodimi, halol, haqiqatparvar, o‘zining shaxsiy manfaatlarini jamoatchilik manfaatlari bilan moslashtirib borishi, shuningdek mehnatsevarlik, xushmuomalalik, adolatli qaror chiqarish kabi fazilatlarini o‘zida singdirishi va ahloqiy immunitetini shakllantirishga alohida e’tibor qaratishi lozimligi ta’kidlandi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Qashqadaryo viloyat sudida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Ma’lumki, 2023 yilning 16 yanvar kuni Prezidentimizning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar belgilandi. Qashqadaryo viloyat sudida Farmonning mazmun va mohiyatini o‘rganish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz tomonidan 2023 yil 16 yanvarda imzolangan ikkita tarixiy hujjat – “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari sud-huquq sohasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Tashkil etilgan yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar mazkur farmonning mazmun va mohiyati haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo’limi

Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning muhim omili

Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans davri poydevorini yaratishda, eng avvalo, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, uni oliy qadriyat darajasiga ko‘tarish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar yangi bosqichga ko‘tarilib, davom ettirilishi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanishi lozimligi, sud-huquq tizimida adolat o‘rnatish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirish kerakligi, shu bilan birga, odil sudlovni ta’minlash bo‘yicha hali qo‘limiz yetib bormagan masalalar juda ko‘pligi, afsuski, hozir ham tergov sifati pastligi, sudlarda odamlarning ovoragarchiligi, sud qarorlari ijro etilmay qolayotgani bilan bog‘liq holatlar uchrayotganligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek Murojaatnomada qisqa muddatda huquq-tartibot idoralarini yangicha ishlashga o‘rgatadigan, odil sudlov sifatini oshiradigan tizim yaratilishi, eng avvalo, odamlarimizning joylarda sudma-sud sarson bo‘lib yurishlariga barham berilishi buning uchun adolatli hukm va qaror chiqarish bo‘yicha viloyat sudlarining vakolati ham, mas’uliyati ham oshirilishi ilgari surildi. Tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o‘tkaziladi. Endi tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni hatlab qo‘ya olmaydi. Bundan buyon mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali bo‘ladi. Tergov sifatini oshirish bo‘yicha ham tizimli choralar ko‘riladi. Tergov shaxsni ayblash uchun emas, jinoyatni fosh etish orqali haqiqatni aniqlash uchun ishlashi kerak.

Shu bilan birga sudda ishlarni ko‘rishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus o‘qitiladi, ishni sudda ko‘rishda xolis, mustaqil bo‘lishi qonun bilan belgilanadi. Odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko‘rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar beriladi. Endi sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachining fikri bilan birga qabul qilinadi. Ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi bo‘yicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab o‘rganiladigan tizim joriy qilinadi.

Zero, davlat va jamiyatni tubdan modernizatsiya qilishda, eng avvalo, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovga erishish, qonuniylikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ma’muriy sudlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, ma’muriy sudlarga hokim qaroridan norozi bo‘lib murojaat qilingan taqdirda, ishlarni eksterritorial tartibda, ya’ni boshqa hududda ham ko‘rish amaliyoti joriy qilinadi. Vazirlar ham, hokimlar ham bir haqiqatni yaxshi tushunib olishi kerak. “O‘zbekistonda mulk va investitsiyaning himoyachisi qaysidir hokim yoki vazir emas, faqat Konstitutsiya, qonun va sud bo‘ladi. Bu borada Xalqaro tijorat sudini O‘zbekistonda tashkil qilish bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlandi. Yuqoridagi barcha tashabbuslarni Konstitutsiyada to‘g‘ridan-tog‘ri muhrlab qo‘yish lozim”, – deyildi Murojaatnomada.

Haqiqatan ham bunday muhim o‘zgarishlar, sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, ayniqsa, sud biron-bir mansabdor shaxsning qo‘li yetadigan idoraga aylanib qolishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, sudga bosim o‘tkazgani uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan choralar soha xodimlarining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirdi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizda qonun ustuvorligini va ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgani bilan alohida aha­miyat kasb etadi.

 

Muzaffar Raupov, Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi

16 nafar mahkumga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tuman sudida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida bir guruh mahkumlarga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanildi. Ochiq sud majlisi davomida Muborak tumanida joylashgan 33-sonli manzil-koloniyada ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan 16 nafar mahkumlarga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanildi.

Jumladan, 3 nafar mahkumning O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. 13 nafar mahkumlarning jazolari esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan axloq tuzatish ishlari jazolariga almashtirildi va o‘z oilasi bag‘riga qaytdi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Qashqadaryo viloyati sudlarining 2022 yil davomidagi faoliyati tahlili hamda sohaga oid muhim va dolzarb masalalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Qashqadaryo viloyat sudi raisi Abduqayum Mahkamov, Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Baxtiyor Qilichov hamda Qashqadaryo viloyat sudi raisi o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida Qashqadaryo viloyat sudlari tomonidan  2022 yilning 12 oyi davomida odil sudlov borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

2022 yilda Qashqadaryo viloyat, tumanlararo, tuman va shahar sudlariga 14.816 (2021 yilda 14.628) ta murojaat kelib tushgan (murojaatlar 2021 yilga nisbatan 188 taga ko‘paygan).

Mazkur murojaatlarning 1.799 (2021 yilda 1.738) tasi umumiy murojaatlar va 5.612 (2021 yilda 5.771) tasi shaxsiy va sayyor qabullar jarayonida kelib tushgan bo‘lsa, 7.222 (2021 yilda 6.810) ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va halq qabulxonalari orqali, 21 (2021 yilda 42) ta O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali, 162 (2021 yilda 169) ta O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan.

Murojaatlarning 2801 (2021 yilda 3.136) tasi sud qarorlari yuzasidan, 245 (2021 yilda 566) tasi sud hujjatlari ijrosi yuzasidan, 19 (2021 yilda 22) tasi sud hujjatini vaqtida ololmayotganligi yuzasidan, 206 (2021 yilda 93) tasi sudyalarning hatti-harakatlari yuzasidan, 21 (2021 yilda 12) tasi sud xodimlarining hatti-harakatlari yuzasidan, 8 (2021 yilda 18) tasi murojaatiga vaqtida javob ololmayotganligi yuzasidan, 88 (2021 yilda 139) tasi ish vaqtida ko‘rilmayotganligi yuzasidan, 11.826 (2021 yilda 10.317) tasi boshqa masalalar bo‘yicha kelib tushgan arizalarni tashkil etadi.

Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra 308 (2021 yilda 224) tasi qanoatlantirilgan, 14.272 (2021 yilda 14.071) tasiga tushuntirish berilgan, 36 (2021 yilda 87) tasi taalluqliligiga ko‘ra quyi sudlarga yuborilgan, 131 (2021 yilda 233) tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborilgan, 2 (2021 yilda 7) tasi anonim murojaatlar bo‘lganligi bois ko‘rmasdan qoldirilgan, 17 (2021 yilda 1) tasi rad etilgan. Shuningdek, 20 (2021 yilda 5) ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

Shundan 591 (2021 yilda 539) tasi takroriy, 210 (2021 yilda 163) tasi dublikat murojaatlar hisoblanadi.

JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA SUDLAR

2022 yilning 12 oyida 5094 shaxsga nisbatan 3716 ta jinoyat ishi ko‘rilgan.

Ishi ko‘rib tamomlangan shaxslarning 4070 tasi yoki 79,8 foizi bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgan, 37 tasi yoki 0,7 foizi oqlangan, 1007 tasi yoki 19,7 foizining ishi harakatdan tugatilgan, shundan 930 tasi yoki 18,4 foizining ishi yarashuv asosida tugatilgan.

Oqlov hukmlari- 37 shaxs.

Birinchi instansiyada 20 shaxsga nisbatan 14 ta ish bo‘yicha oqlov hukmi chiqarilgan.

Apellyatsiya instansiyasida 17 shaxs oqlangan.

Oqlov hukmlarining o‘sish dinamikasi:

2014 yilda 2 shaxs,

2015 yilda 4 shaxs,

2016 yilda 1 shaxs,

2017 yilda 17 shaxs,

2018 yilda 93 shaxs,

2019 yilda 146 shaxs,

2020 yilda 47 shaxs,

2021 yilda 40 shaxs,

2022 yilda 37 shaxs.

Birinchi instansiyada 257 ta ish bo‘yicha 435 shaxsdan asossiz ayblovlar sudlanuvchilarning zimmasidan chiqarilgan.

Apellyatsiya instansiyasida 109 ta ish bo‘yicha 182 shaxsdan asossiz ayblovlar sudlanuvchilarning zimmasidan chiqarilgan.

21 ta reabilitatsiya etilgan shaxslarga davlat hisobidan 702.983.800 so‘m moddiy zarar undirish belgilangan.

Tayinlangan jazo choralari:

Sudlanganlarning

491 shaxsga yoki 12,5 foiziga jarima;

4 shaxsga yoki 0,1 foiziga muayyan huquqdan mahrum qilish;

21 shaxsga yoki 0,5 foiziga majburiy jamoat ishlari;

1183 shaxsga yoki 30 foiziga axloq tuzatish ishlari;

942 shaxsga yoki 23,9 foiziga ozodlikni cheklash;

1255 shaxsga yoki 31,8 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

46 shaxs yoki 1,2 foizi shartli hukm qilingan.

107 shaxsga yoki 2,1 foiziga jazo tayinlamasdan hukm chiqarilgan.

Voyaga yetmagan 180 shaxsga nisbatan  (jami ko‘rib tamomlangan ishlarning 3,5 foizi) jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan, 141 shaxsga yoki 2,7 foiziga hukm chiqarilgan, 33 shaxsga yoki 0,6 foiziga oid ishlar tugatilgan. Voyaga yetmaganlarning 15 tasiga yoki 8,3 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

549 nafar ayollarga nisbatan (jami ko‘rib tamomlangan ishlarning 10,7 foizi) ishlar ko‘rib tamomlangan, 451 nafariga yoki 8,8 foiziga hukm chiqarilgan, 96 nafariga yoki 1,8 foiziga oid ishlar tugatilgan. Ayblov hukmi chiqarilgan ayollarning 66 tasiga yoki 12,2 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

198 nafar yoki 3,8 foiz 60 yoshdan oshganlarga nisbatan ishlar ko‘rib tamomlangan, 162 nafariga yoki 3,1 foiziga hukm chiqarilgan, 36 nafariga yoki 0,7 foiziga oid ishlar tugatilgan. Ayblov hukmi chiqarilgan 60 yoshdan oshganlarning 13 tasiga yoki 6,5 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Mahalla fuqarolar yig‘ini kafolat xati asosida 3 shaxsga nisbatan 3 ta ish ko‘rilgan, ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

Yoshlar ittifoqi hamda Xotin-qizlar qo‘mitasining kafilligi asosida ishlar ko‘rilmagan.

Birinchi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud qarorlaridan apellyatsiya instansiyasida 305 shaxsga nisbatan o‘zgartirilgan, 88 shaxsga nisbatan bekor qilingan.

Oliy sudning kassatsiya instansiyasida 27 shaxsga nisbatan o‘zgartirilgan va 2 shaxsga nisbatan bekor qilingan.

574 ta jinoyat ishlari videokonferensaloqa rejimida ko‘rilib, 716 marta sud majlislari o‘tkazilgan, 1224 nafar ishtirokchi qatnashgan, boshqa sudlar tomonidan 314 marta ko‘mak berilib, 233.128.800 so‘m mablag‘ tejab qolingan.

Jinoyat sodir etgan 318 shaxs sud zalidan qamoqqa olingan.

Jinoyat sodir etgan 562 shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilingan.

1409 shaxsga JKning 57-moddasi tartibida yengilroq jazo tayinlangan.

2356 shaxs JKning 73-moddasi tartibida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilingan.

1259 shaxsning jazosi JKning 74-moddasi tartibida yengilrog‘i bilan almashtirilgan.

1655 shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosining saqlash sharoiti o‘zgartirilib, JIKning 113-moddasi tartibida manzil- koloniyalarga o‘tkazilgan.

1550 ta qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomalar ko‘rilgan, 1524 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 26 tasi yoki 1,7 foizi rad qilingan.

Sayyor sud majlislarida 1419 ta ish yoki 38,1 foizi ko‘rilib, 15258 ta fuqaro ishtirok etgan. 30 tasi televideniyada yoritildi.

Xususiy ajrim 2951 ta yoki 79,3 foiz chiqarilgan.

Birinchi instansiyada 9103 ta materillar ko‘rilgan.

Sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 111.091.990.751 so‘mlik zarar qoplaganligi sababli birinchi va apellyatsiya instansiyasida 838 shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

Tuman va shahar sudlarining har bir sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi jinoyat ishi bo‘yicha 16,1 tani, materiallar bilan birga 55,4 tani tashkil qilgan.

Viloyat sudi sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi birinchi instansiyada 0,1 tani, yuqori instansiyalarda 8 tani, materiallar bilan birga 10,3 tani tashkil qilgan.

376 marta korxona va tashkilotlarda leksiya, suhbat
va uchrashuvlar o‘tkazilgan;

1699 marta aholi o‘rtasida leksiya, suhbat
va uchrashuvlar o‘tkazilgan;

188 marta o‘quv muassasalarida leksiya, suhbat
va uchrashuvlar o‘tkazilgan;

222 marta gazeta-jurnallarda maqolalar chop etilgan;

215 marta radioda chiqishlar qilingan;

395 marta televideniyada chiqishlar qilingan;

639 marta veb-saytlarda chiqishlar qilingan.

JPK 416-417-moddalariga asosan tergovga yuborilgan ajrimlar:

Birinchi instansiyada 84 shaxsga nisbatan 45 ta ish tergovga yuborilib, 9 tasi bo‘yicha vajlari tasdiqlangan, 28 tasi bo‘yicha vajlari tasdig‘ini topmagan, 37 ta ish sudga qaytarilgan, 8 ta ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Apellyatsiya instansiyasida 20 shaxsga nisbatan 14 ta ish tergovga yuborilib, 9 tasi bo‘yicha vajlari tasdig‘ini topmagan, 4 tasi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ayrim jinoyatlarning modda kesimida o‘sish tahlili: 

  • 2022 yil 12 oyi davomida qasddan odam o‘ldirish (JKning 97-101-moddalari) jinoyatlari 45 (43) ta yoki 2 taga;
  • Qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JKning 104-105-moddasi) jinoyatlari 374 (355) ta yoki 19 taga;
  • Nomusga tegish (JKning 118-moddasi) jinoyatlari 14 (12) ta yoki 2 taga;
  • Bosqinchilik (JKning 164-moddasi) jinoyatlari 18 (17) ta yoki 1 taga;
  • O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish (JKning 167-moddasi) jinoyatlari 688 (387) ta yoki 301 taga;
  • O‘g‘irlik (JKning 169-moddasi) jinoyatlari 484 (370) ta yoki 114 taga;
  • Poraxo‘rlik (JK 210-212-moddalari) jinoyatlari 158 (109) ta yoki 49 taga;
  • Transport vositalarini olib qochish (JK 267-modda) jinoyati 16 (6) ta yoki 10 taga;
  • Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar (JK 270,271,273-276-moddalari) jinoyatlari 201 (185) ta yoki 16 taga;
  • Bezorilik (JKning 277-moddasi) jinoyatlari 208 (106) ta yoki 102 taga ko‘paygan.

Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar

2022 yil 12 oyi davomida 46.610 shaxsga nisbatan 35.025 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib tamomlangan. 25.382 shaxsga nisbatan 20.710 ta ish bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqarilgan bo‘lsa, 21.228 shaxsga nisbatan 14.315 ta ish harakatdan tugatilgan. Ma’muriy jazo qo‘llanilgan 25.382 shaxsning 22.187 nafariga yoki 87,4 foiziga jarima, 85 nafariga yoki 0,3 foiziga maxsus huquqdan mahrum qilish, 3103 nafariga yoki 12,2 foiziga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 3 shaxsga ashyosini musodara qilish jazosi tayinlangan bo‘lsa, 4 shaxs ma’muriy deportatsiya qilingan.

3346 shaxsga nisbatan 1931 ta ish MJtKning 21-moddasiga asosan, 17.882 shaxsga nisbatan 12.384 ta ish MJtKning
271, 212-moddalariga asosan tugatilgan.

Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar bo‘yicha 5569 ta materiallar ko‘rib tamomlangan, shundan 4736 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 833 tasi rad qilingan.

Birinchi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud qarorlaridan apellyatsiya instansiyasida 184 (0,4%) shaxsga nisbatan sud qarorlari o‘zgartirilgan, 366 (0,8%) shaxsga nisbatan sud qarorlari bekor qilingan.

Tuman va shahar sudlarining har bir sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar bo‘yicha 151,6 tani, materiallar 24,1 tani, jami 175,7 tani tashkil qiladi.

Viloyat sudi sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi yuqori instansiyada 8,1 tani, materiallar 1,1 tani, jami 9,2 tani tashkil qiladi.

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA SUDLAR

Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlari tomonidan 2022 yil davomida jami 38021 ta ishlar ko‘rilgan, shundan 32776 ta fuqarolik ishi, 5191 ta material tartibda ko‘rilgan ishlar, 54 ta hakamlik sudining hal qiluv qaroriga doir ishlar, shuningdek 29740 ta 1.955.863.554.871 so‘mlik sud buyrug‘i chiqarilgan.

Har bir sudyaning o‘rtacha oylik ish hajmi 146 ta fuqarolik ishi, 178 ta sud buyrug‘ini, jami 324 tani tashkil qilgan. Viloyatda sudyaning o‘rtacha ish hajmi 33 ta fuqarolik ishini tashkil etgan.

Tumanlararo sudlari tomonidan mazmunan ko‘rib tamomlangan jami 32776 ta fuqarolik ishlaridan 27333 ta hal qiluv qarori chiqarilib, 24874 ta da’vo qanoatlantirilgan, 2459 ta da’vo rad etilgan, 4829 ta ko‘rmasdan qoldirilgan, 614 ta ish yuritishdan tugatilgan.

2022 yil davomida sudlar tomonidan nikohdan ajratish bilan bog‘liq jami 4502 ta fuqarolik ishi ko‘rilib, shundan 2457 tasi qanoatlantirilgan, 372 ta fuqarolik ishi taraflar yarashganligi sababli ish yuritishdan tugatilgan, 1425 ta da’vo rad qilingan, 248 ta da’vo ariza ko‘rmasdan qoldirilgan.

Sudlar tomonidan 2022 yil davomida ko‘rilgan ishlardan 1300 ta mehnat nizolari, 8681 ta oila nizolari, 985 ta uy-joy nizolari, 157 ta mulk huquqi, 147 ta kommunal xizmat bo‘yicha qarzdorlik va  zarar undirish, 14570 ta bitim bilan bog‘liq ishlar, 1314 ta yer nizolari, 38 ta iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, 698 ta zarar undirish hamda 1927 ta alohida tartibda yuritilgan ishlar, 2959 ta da’vo tartibida ko‘rilgan boshqa ishlarni tashkil qiladi.

2022 yil davomida sudlar tomonidan kredit  shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar bilan bog‘liq jami 12771 ta fuqarolik ishi ko‘rilib, 10450 ta 414.103.654.359 so‘mlik da’vo arizalar qanoatlantirilgan.

2022 yilda sudlar tomonidan 549 marta turli huquqiy mavzularda leksiya, uchrashuv va suhbatlar o‘tkazilgan, 47 marta televideniyeda, 56 marta radioda chiqishlar qilingan, 66 marta matbuotda maqolalar e’lon qilingan, 37 ta veb-sayt va boshqa axborot vositalarida chiqishlar qilingan, shuningdek 10230 ta yoki 31,2 foiz fuqarolik ishi sayyor sud majlislarida ko‘rilgan. Sudlar tomonidan ko‘rilgan fuqarolik ishlari yuzasidan 747 ta xususiy ajrim chiqarilgan.

IQTISODIY SUDLAR

Qashqadaryo viloyati iqtisodiy sudlari tomonidan 2022 yilning 12 oyida jami 22 172 ta (o‘tgan yilning shu davrida 14 244 ta) iqtisodiy ishlar mazmunan hal etilib, 153 (45) tasini sud buyrug‘i tashkil etgan, bu jami ko‘rilgan ishlarning 0,7 foizi hisoblanadi. Ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 928 taga yoki 44,3 foizga ko‘paygan.

Sudlar kesimida ko‘rilgan ishlar hajmi Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi 6369 (+2496) ta, Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudi 3774 (+771) ta, Koson tumanlarar iqtisodiy sudi 2272 (+1098) ta, Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudi 1442 (+871) ta, G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudi 1205 (+862) ta, Yakkabog‘ tumanlararo iqtisodiy sudi 926 (+179) tani tashkil etib ko‘paygan bo‘lsa, viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati birinchi instansiyada 30 (-8) tani tashkil etib kamaygan.

Nizo toifasi bo‘yicha:

– Fuqarolik huquqiy munosabatlarga oid 7 078 ta (7 159 ta);

– Ma’muriy huquqiy munosabatlarga oid 5 073 ta (1 764 ta);

– Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlashga oid 2 ta;

– Tashkilot va fuqarolarning bankrotligiga oid 1 543 ta (508 ta);

– Korporativ (ta’sischilar o‘rtasidagi nizo) munosabatlarga oid 23 ta (26 ta) ishlar ko‘rilgan.

IPKning 231-bobiga asosan soddalashtirilgan ish yuritish tartibida 884 (318) ta ish ko‘rilgan.

Iqtisodiy sudi sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi 121,8 (113,7) tani, viloyat sudi sudyasining ish hajmi 11,8 (6) tani tashkil etgan.

Apellyatsiya instansiyasida 611 (275) ta ishlar ko‘rilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslarga qulayliklar yaratish hamda aholi orasida sudning ta’sirchanligini oshirish maqsadida hisobot davrida iqtisodiy sudlar sudyalari tomonidan jami 11 210 (7852) ta (55,1%) ishlar sayyor sud majlislarida ko‘rilgan.

Hisobot davrida birinchi instansiya sudlari tomonidan jami ko‘rib tamomlangan 629 ta ishlar bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlariga nisbatan apellyatsiya tartibida keltirilgan shikoyat (protest) lar ko‘rib chiqilgan.

Apellyatsiya instansiyasida ko‘rilgan nizolar bo‘yicha 629 (296) ta ishlardan, 66 (57) tasi yoki (10,5%) bekor qilingan, 41 (38) tasi yoki (6,5%) o‘zgartirilgan, 522 (201) tasi (87,8%) o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudlari sudyalari tomonidan 2022 yilda jami 161 ta (131) sud ta’sir choralari qo‘llanilgan bo‘lib, shundan 6 tasi (17) ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, 15 tasi (25) moddiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, 51 tasi (31) intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida hamda 89 tasi (58) boshqa masalalar bo‘yicha xususiy ajrim va taqdimnomalardir.

Hisobot davrida iqtisodiy sud sudyalari tomonidan aholiga qonunlarni tushuntirish, amaldagi qonunchilikni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish hamda qoidabuzarliklarni oldini olish yuzasidan jami 666 marotaba (2021 yilda 581) ta targ‘ibot ishlari olib borilgan, ommaviy axborot vositalarida 159 (251) ta, shu jumladan: televideniyeda 41 (42) ta, radioda 28 (50) ta, matbuotda 55 (97) ta va veb-sayt va boshqa axborot vositalarida 35 (62) ta chiqishlar qilingan.

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar sudlar kesimida, viloyat sudida 33 ta, Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudida 30 ta, Shahrisabz va Koson tumanlararo iqtisodiy sudida 21 tadan, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudida 19 ta, Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudida, 16 ta, G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudida 11 ta, Yakkabog‘ tumanlararo iqtisodiy sudida 8 tani tashkil etadi.

Aholi orasida 507 (330) marotaba davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazilgan.

Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudlariga 2022 yilda 1 337 (1 172) ta ish bo‘yicha jami 2 954 275 001 so‘m davlat boji, 840 000 so‘m jarimalar respublika budjetiga ixtiyoriy to‘langan.

Davlat boji to‘lashni kechiktirishga doir 104 ta ish bo‘yicha 98 629 236 so‘mlik imtiyoz qo‘llanilgan.

Ijro ahvoli

Jinoyat ishlari bo‘yicha 755.645.872.351 so‘mlik 6450 ta ijro hujjatlari chiqarilgan. 171.500.675.447 so‘mlik 3105 ta 48,1 foiz ijro hujjatlari tamomlangan. 436.450.499.748 so‘mlik 1973 ta 30,6 foiz ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmay qolgan. 147.625.169.826 so‘mlik 1370 ta yoki 21,7 foiz ijro hujjatlari rasmiylashtirish talablariga muvofiq emasligi uchun qaytarilgan, ushbu ijro hujjatlari qonunda nazarda tutilgan 3 kunlik muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan holda qayta ijroga yuborilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha 71.987.913.839 so‘mlik 19093 ta ijro hujjatlari chiqarilgan. 26.498.549.326 so‘mlik 9340 ta 48,9 foiz ijro hujjatlari tamomlangan. 32.345.018.018 so‘mlik 7495 ta 39,3 foiz ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmay qolgan. 13.100.897.846 so‘m 2247 ta yoki 11,8 foiz ijro hujjatlari rasmiylashtirish talablariga muvofiq emasligi uchun qaytarilgan, ushbu ijro hujjatlari qonunda nazarda tutilgan 3 kunlik muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan holda qayta ijroga yuborilgan.

Fuqarolik ishlar bo‘yicha 1.790.462.943.961 so‘mlik 105.636 ta ijro hujjatlari chiqarilgan. 294.654.614.277 so‘mlik 35.251 ta 33,4 foiz ijro hujjatlari tamomlangan. 1.495.808.329.684 so‘mlik 70.385 ta 66,6 foiz ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmay qolgan.

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha 569.330.120.128 so‘mlik 18648 ta ijro hujjatlari chiqarilgan. 52.964.339.306 so‘mlik 5433 ta 29,1 foiz ijro hujjatlari tamomlangan. 723 498 445 137 so‘mlik 4802 ta 25,7 foiz ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmay qolgan.

Jami 1.964.603.847.450 so‘mlik 84.655 ta yoki 56,5 foiz sud qarorlarining ijrosi ta’minlanmagan.

1.964.603.847.450 so‘m yoki 172.885.139 AQSH dollarini tashkil qiladi.

QASHQADARYO VILOYAT MA’MURIY SUDI

Qashqadaryo viloyat hamda Qarshi tumanlararo ma’muriy sudlari tomonidan 2022 yilda 1487 ta ommaviy huquqiy nizolardan kelib chiqadigan ma’muriy ish kelib tushgan, shundan 1271 ta (2021 yil davomida 1393 ta) ish mazmunan ko‘rib tamomlangan, 637 ta (50,1 foiz) ariza qanoatlantirilgan, 503 ta (39,6 foiz) ariza qanoatlantirish rad qilingan, 99 ta (7,8 foiz) ma’muriy ish bo‘yicha ish yuritish tugatilgan, 32 ta (2,5 foiz) ish ko‘rmasdan qoldirilgan, 82 ta ish qoldiq bo‘lib o‘tgan.

2022 yil mobaynida 177 ta (2021 yilda 248 ta) materiallar bilan bog‘liq ishlar mazmunan ko‘rib tamomlangan, shundan 148 tasi (83,6 foiz) qanoatlantirilgan, 29 ta (16,3 foiz) ariza qanoatlantirish rad qilingan.

Tumanlararo ma’muriy sudida har bir sudyaga bir oyda o‘rtacha
21 ta (shundan 19,3 ta ommaviy, 2,7 ta material) ish to‘g‘ri kelgan.

Ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan apellyatsiya instansiyasida jami 279 ta (2021 yilda 353 ta) ish ko‘rilib, shundan 33 tasi yoki 11,8 foiz (2021 yilda 77 tasi yoki 21,8 foiz) sud qarorlari bekor qilingan.

Qashqadaryo viloyat hamda tumanlararo ma’muriy sudi sudyalari tomonidan jami 299 nafar fuqaro qabul qilingan bo‘lib (2021 yilda 475 ta), shundan 226 nafar fuqarolar sayyor qabullardagi murojaatlari yuzasidan qabul qilingan (2021 yilda 373 ta).

Murojaatlar 2021 yil bilan taqqoslanganda 176 ta murojaatga, ya’ni 37,1 foizga kamaygan. 2023 yilga qoldiq murojaatlar o‘tmagan.

Qashqadaryo viloyat hamda tumanlararo ma’muriy sudlari tomonidan bevosita idorada 73 nafar fuqarolar qabul qilingan.

O‘tgan yilning shu davrida ushbu ko‘rsatgich 102 tani tashkil etgan.

2022 yilda jami 174 (2021 yilda 127) marta huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilgan. Televideniyeda jami 29 (2021 yilda 47) marta huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilgan, radioda 28 (2021 yilda 43) ta chiqishlar qilingan, veb-saytlarda 59 ta (2021 yilda 15 ta) chiqish qilingan, gazeta va jurnallarda 58 ta (2021 yilda 22 ta) chiqish qilingan.

Mazkur davrda ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha ko‘rilgan ishlar yuzasidan 177 ta (2021 yilda 173 ta) xususiy ajrim chiqarilgan. Chiqarilgan hususiy ajrimlarning 146 tasi bo‘yicha javoblar olingan, qolgan 31 ta hususiy ajrimning ijroga qaratish muddati mavjud, javob berish muddati o‘tgan xususiy ajrimlar esa mavjud emas.

Ko‘rilgan ishlar tahlil qilinganda:

736 ta (2021 yilda 930 ta)ish ma’muriy organ qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida, 434 ta (2021 yilda 114 ta) ish ma’muriy organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topish haqida, 68 ta (2021 yilda 5 ta) ish saylov komissiyalarining harakatlarini qonunga xilof va qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida, 6 ta (2021 yilda 4 ta) ish notariusning harakatini qonunga xilof deb topish, 19 ta (2021 yilda ko‘rilmagan) ish davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish ustidan, 4 ta (2021 yilda 3 ta) ish litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, 3 ta (2021 yilda 5 ta) litsenziyaning amal qilishini tugatish va 1 ta (2021 yilda ko‘rilmagan) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki FHDYO organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi)  haqidagi ma’muriy ishlardir.

2022 yil davomida 308 ta (2021 yilda 230 ta) tadbirkorlik subyektlarining arizalari asosida qo‘zg‘atilgan ishlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 115 ta (2021 yilda 102 ta) arizalar qanoatlantirilgan.

230 ta (2021 yilda 453 ta)murojaatlar kelib tushgan, shundan 69 tasi (2021 yilda 211 ta) sud hujjatlari va 11 tasi (2021 yilda 12 ta) sud hujjati ijrosi bilan bog‘liq murojaat, 149 tasi (2021 yilda 224 ta) boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlarni tashkil etgan bo‘lib, ularga belgilangan muddatlarda javob berilgan. (1 ta (2021 yilda 6 ta) murojaat qoldiq bo‘lgan.)

2022 yil mobaynida hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida jami 370 ta (2021 yilda 462 ta), hokimlik mansabdor shaxslarining harakatlari, harakatsizligiga nisbatan 36 ta
(2021 yilda 114 ta) ma’muriy ish ko‘rilgan bo‘lib, ulardan 122 ta
(2021 yilda 187 ta) qaror haqiqiy emas deb topilgan va 11 ta
(2021 yilda 17 ta)ish bo‘yicha mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) qonunga xilof deb topilgan.

Soliq organlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida jami 121 ta (2021 yilda 61 ta), mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ga nisbatan 34 ta (2021 yilda 17 ta) ma’muriy ish ko‘rilgan bo‘lib, shundan 87 ta (2021 yilda 19 ta) qaror haqiqiy emas deb topilgan va 15 ta (2021 yilda 8 ta) ish bo‘yicha mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) qonunga xilof deb topilgan.

Majburiy ijro byurosining qarorlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida 120 ta (2021 yilda 97 ta), mansabdor shaxsning 77 ta (2021 yilda 52 ta) ish ko‘rilgan bo‘lib, shundan 33 ta (2021 yilda 22 ta) qarorlar haqiqiy emas deb topilgan, majburiy ijro byurosining mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) bilan bog‘liq 43 ta (2021 yilda 45 ta) ish ko‘rilgan, shundan 12 ta (2021 yilda 19 ta) ish bo‘yicha mansabdor shaxsning harakati (harakatsizligi) qonunga xilof deb topilgan.

Ma’muriy sudlar tomonidan tuman (shahar) hokimliklarining qarorlari, mansabdor shaxslarining harakati, harakatsizligi ustidan berilgan va arizalar qanoatlantirilgan ishlar tumanlar kesimida tahlil qilinganida:

Qarshi shahar hokimining 45 ta (2021 yilda 33 ta), Mirishkor tuman hokimining 18 ta (2021 yilda 19 ta), Kasbi tuman hokimining
11 ta (2021 yilda 3 ta) qarori haqiqiy emas deb topilgan.

Raqamlardan ko‘rish mumkinki, Qarshi shahar, Mirishkor va Kasbi tuman hokimlarining qarorlari eng ko‘p haqiqiy emas deb topilgan.

Hokimlik idoralari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida”gi Qonun normalariga, Yer qonunchiligi talablariga yetarli darajada  amal qilinmayotganligi qarorlarni sud tartibida haqiqiy emas deb topishga asos bo‘lmoqda. Shuningdek, qabul qilingan qarorlar o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi ustma-ust qarorlar qabul qilinishiga sabab bo‘lib, pirovardida nizoli holatlarni yuzaga keltirib chiqarmoqda.

Soliq idoralarining kameral tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida qabul qilayotgan ko‘plab qarorlari sud tomonidan haqiqiy emas deb topilmoqda. Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining ishtirokisiz, soliq idorasidagi hujjatlar asosida o‘tkazilsada, qonun talabiga ko‘ra tekshiruv natijalari bo‘yicha qaror qabul qilishda soliq to‘lovchining ishtirokini ta’minlash lozim. Soliq idorasi aksariyat hollarda, soliq to‘lovchini jalb qilmaganligi, natijada uning vajlari, e’tirozlari va asoslari tinglanmasdan va hisobga olinmasdan qolayotganligi, bu esa qarorlarni sud tartibida haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

 

Tanosil yoki OIV va OITS kasalligini tarqatish – jinoyat

Butun jahonda millionlab insonlarning umriga zomin bo‘layotgan, ko‘plab oilalarning tinchligini buzayotgan va shu bilan birgalikda dunyodagi davlatlar iqtisodiga katta zarar yetkazayotgan OIV infeksiyasi o‘zining oqibatlari bilan insoniyatning eng dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda.

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumani sudi tomonidan  tumanning «Yangidam» mahallasida «Tanosil yoki OIV va OITS kasalligini tarqatish» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida “Tanosil yoki OIV va OITS kasalligini tarqatish” jinoyati tushunchasi va mazkur jinoyat uchun tayinlanadigan jazo turlari haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

OIV infeksiyasi – odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli kasallik hisoblanib, virus bemor odam organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Infeksiya dastlab yashirin tarzda kechishi, bu davr bir necha oydan 5-10 yilgacha va undan ham ortiqroq davom etishi mumkin. Kasallikning yashirin davrida virusni yuqtirib olgan shaxslar ko‘rinishidan sog‘lom bo‘lib, ularda kasallikning hech qanday belgilari kuzatilmaydi. Kasallikning shu davri ancha xavfli hisoblanib, infeksiyani yuqtirib olgan shaxslar o‘zlari bilmagan holda kasallikni boshqalarga yuqtirib yurishlari mumkin.

OIV infeksiyasida meyorda ishlab turgan immun tizimi yillar davomida virusning tajovuzini bosib turadi. Ammo, virus organizmda ko‘payib asta-sekin immun tizimni mutlaqo izdan chiqaradi va natijada OITS rivojlanadi. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) – odamning immun tizimini immunitet tanqisligi virusi shikastlashi natijasida kasallik belgilari kelib chiqadigan xastalikning so‘nggi bosqichidir.

Bugungi kunda OIV bilan kasallangan shaxsni virusdan butunlay xoli qiluvchi dori vositasi mavjud emas. Bu borada dunyo tibbiyoti biroz ojizlik qilib turibdi. Bunga sabab virusning o‘ta o‘zgaruvchanligidir. Dunyoning ko‘plab davlatlarida ushbu infeksiyaga qarshi vaksina va dori vositasini yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Tanosil yoki OIV va OITS kasalligini tarqatish – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasida nazarda tutilgan jinoyat hisoblanib, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangan.

 

Ashurali Tashev, jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi raisi

SUD TIZIMINING YANGI KONSEPSIYASI

Istiqlol yillarida demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatining muhim sharti bo‘lgan sud-huquq tizimi qurilishining mutlaqo yangi konsepsiyasi amaliyotga joriy etildi. Natijada mamlakatimizda sudlar faoliyati takomillashdi. Xususan, jinoyat protsessida shaxs huquqlarini kafolatlashning mustahkam asoslari yaratildi.

Konstitutsiyamizda aks ettirilgan prinsiplarga muvofiq, jinoiy jazo tizimi va sud ishlarini yuritish bosqichma-bosqich liberallashtirildi, shaxsni jamiyatdan ajratib qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turlarini tayinlash imkoniyatlari kengaytirildi. Insonparvarlik tamoyili asosida amalga oshirilgan mazkur islohotlar natijasida fuqarolarning sudlarga ishonchi ortib bormoqda.

Bugun mamlakatimiz hayotining barcha sohalari, shu jumladan, sud-huquq tizimida izchil amalga oshirilayotgan shiddatli islohatlar markazida inson omili turibdi. Bu hayotiy haqiqatni Przidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasidagi «Inson manfaatlari va yana bir bor inson manfaati islohatlarning bosh maqsadi etib belgilandi», degan so‘zlari yana bir bor yaqqol isbotlab berdi.

Zero, chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish va adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqaligina xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash mumkin.

Bunda xalqimizning suddan, pirovardida esa davlatdan rozi bo‘lishiga erishish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, ochiq fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash katta ahamiyat kasb etishi hech kimga sir emas.

Shu ma’noda, Prezidentimiz tomonidan 2023 yil 16 yanvarda imzolangan ikkita tarixiy hujjat aynan mazkur Murojaatnomada bildirilgan takliflarning ijrosini amalda ta’minlashga qaratilgandir. Bu o‘rinda davlatimiz rahbarining «Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hamda «Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonlari haqida so‘z bormoqda.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 yanvarda parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida davlat idoralari mansabdorlari sud mustaqilligini ta’minlash masalasi bundan buyon ham shaxsan Prezidentning qattiq nazoratida bo‘lishini chuqur anglab olishlari kerakligi ta’kidlangandi. Bunday bayonot davlat rahbarining ayni sohadagi qat’iy pozitsiyasini yaqqol ko‘rsatadi.

Zero, sudya mustaqil bo‘lsa, qonunga so‘zsiz buysunsa, ma’suliyatni chuqur his qilsa, beg‘araz va xolis bo‘lsagina adolat o‘rnatiladi.

Shu nuqtai nazardan, Prezidentimiz farmonlarida sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qat’iy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi qayd etilgan.

Farmonlarning odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ixtisoslashgan prokurorlar korpusini shakllantirish qis­mi sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquq­lardan foydalangan holda odil sudlov faoliyatining samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashish, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda davlat ayblovini faqat qonunga asoslanib, xolislikni saqlagan holda sifatli qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bu, o‘z navbatida, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishiga erishishga xizmat qiladi.

Alohida e’tibor qaratish kerak bo‘lgan yana bir jihat: endilikda ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari o‘z vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradilar hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari ularning sudda ishtiroki bilan bog‘liq faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shu bilan birga, sud tizimi oldida turgan dolzarb vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida, sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi negizida Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti, Axborot-kommunikatsiya monitoringi — Vaziyatlar markazi va Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasi negizida Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi tashkil etiladi.

O‘z-o‘zidan ravshanki, bu sohada davlat siyosatini amalga oshirish birinchi navbatda sud, huquq­ni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining zimmasiga ulkan mas’uliyat va muhim vazifalar yuklaydi.

Shundan kelib chiqqan holda, Prezident farmonlariga muvofiq, 2023 yil 1 iyuldan Bosh prokuratura va Oliy sud axborot tizimlarini integratsiya qilish yo‘li bilan o‘zaro hujjat almashinuvini to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.

Odil sudlov faoliyatini amalga oshirish uchun jalb etilgan resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vakolati tegishliligi bo‘yicha ma’muriy organlarga o‘tkaziladi.

Ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni quyi instansiya sudlarining o‘zida yakunlash tartibi belgilanadi. Fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha taraflarni kelishtirish va mediatsiya institutini keng joriy etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqiladi.

Shuningdek, 2023 yil 1 iyulga qadar yangi mexanizmlar joriy etilishi natijasida ish yuklamasi maqbullashtirilgan sudlarning shtat birliklari samarali taqsimlanishi ta’minlanadi. Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari o‘z faoliyatini samarali amalga oshirishlari uchun sud binolarida alohida xizmat xonalari ajratiladi va mazkur xonalar jihozlanadi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mazkur farmonlarda ko‘rsatilgan vazifalarning bajarilishi sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga, ularning sha’ni hamda qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qiladi. Shuningdek, sud va tergov organlari mas’uliyatini yanada kuchaytirishga, aholining huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudga bo‘lgan ishonchini oshirish imkonini beradi.

 

Shahzod Baxtiyorov, Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo’yicha sudyasi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudida “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudi raisi Nizomjon Mahmudov raisligida o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 16 avgustdagi “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-708-sonli qonuni mazmun va mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini 27-modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish, yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga ko‘ra huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishliligicha viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshirilishi ta’kidlandi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 6 — 11-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 12-bandida ko‘rsatilgan holda tugatish tegishli tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining taklifiga ko‘ra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan amalga oshirilishi aytib o‘tildi. Jismoniy va yuridik shaxslar yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda ko‘rsatilgan mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkinligini bildirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudi raisi Nizomjon Mahmudovning ma’lum qilishicha: – “O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasiga binoan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa uch yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi».

O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasida: «Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi deb ko‘rsatilgan», – deydi Nizomjon Mahmudov.

Shu bilan bir qatorda sud raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 69-moddasida Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish egalikdagi foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima tayinlashga sabab bo‘lishi haqida ma’lum qilindi.

 

Qashqadarayo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

“Yangi O‘zbekiston – yangi sud” tamoyili amalda

Fuqarolarning adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqi umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalarida o‘z ifodasini topgan. Xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 10-moddasida “Har bir inson huquq va burchlarini belgilash va unga qo‘yilgan jinoiy aybning qanchalik darajada asosli ekanligini aniqlashi uchun to‘liq tenglik asosida uning ishi oshkora va adolat talablariga rioya qilingan holda mustaqil va xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqiga ega”-deb belgilab qo‘yilgan.

Adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquq inson huquqlari himoyasiga bevosita daxldor ekan, uni amalda ta’minlash davlat organlarining asosiy  vazifalaridan hisoblanadi.  Chunki, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda va  oshkora ko‘rib chiqilishi Konstitutsiyamizning 26-moddasida belgilab qo‘yilgan.

Sud – odil sudlovning oliy nuqtasi bo‘lib, uning rolini oshirish esa huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi qonuniy jarayon hisoblanadi. Aynan shunday yondashuv tufayli keyingi davrda sud-huquq tizimini liberallashtirish, sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlash, odil sudlov sifati va samaradorligini oshirish, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligida insonparvarlik tamoyillarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ishlarning ko‘lami va miqyosi nihoyatda kengayib, yangi bosqichlarga ko‘tarilib bormoqda.

Darhaqiqat, istiqlol yillarida huquqiy-demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyatining muhim sharti bo‘lgan sud-huquq tizimi qurilishining mutlaqo yangi konsepsiyasi amaliyotga joriy etildi. Xususan, mamlakatimizda sudlar faoliyati takomillashdi, jinoyat protsessida shaxs huquqlarini kafolatlashning mustahkam asoslari yaratildi, mamlakatimiz Konstitutsiyasida aks ettirilgan prinsiplarga muvofiq jinoiy jazo tizimi va sud ishlarini yuritish bosqichma-bosqich liberallashtirildi, shaxsni jamiyatdan ajratib qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turlarini tayinlash imkoniyatlari kengaytirildi. Insonparvarlik tamoyili asosida amalga oshirilgan mazkur islohotlar natijasida fuqarolarning sudlarga ishonchi ortib bormoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, sud-huquq tizimidagi islohotlarning amaliy natijalari xalqimizning tinch va farovon hayotida, ertangi kunga ishonchida aks etib turibdi.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev o‘z faoliyatlarining dastlabki davridanoq fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar haqida bir necha bor ta’kidlab, bu borada bir qator Farmonlarga imzo chekib kelmoqdalar.

2016 yil 21 oktabrda «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi;

2017 yil 30 noyabrdagi “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi;

2017 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faolityati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi;

2018 yil 12 maydagi “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi;

2018 yil 13 iyulda “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi;

2020 yil 24 iyuldagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi;

2020 yil 10 avgustdagi » Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi;

2020 yil 7 dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samardorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi;

2021 yil 13 yanvardagi “Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi;

2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmonlari shular jumlasidandir.

Darhaqiqat, bugun yurtimizda olib borilayotgan barcha yo‘nalishdagi islohotlarning markazida inson omili turibdi. Bu hayotiy haqiqatni Przidentimiz Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasidagi “Inson manfaatlari va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi”-deb, bildirgan so‘zlari ham isbotlab turibdi.

Zero, chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish va adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqaligina xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, suddan, pirovardida esa davlatdan rozi bo‘lishiga erishish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash mumkinligi hech kimga sir emas.

2022 yil 20 dekabrda Prezidentimiz murojaatnomasida, yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasini takomillashtirish masalalariga alohida to‘xtalib, erishilgan natijalar va kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritib, davlat hisobidan bepul ta’minlanadigan advokatlarni elektron tanlash tizimining to‘liq ishga tushirilishini ta’minlash, qisqa muddatda huquq-tartibot idoralarini yangicha ishlashga o‘rgatadigan, odil sudlov sifatini oshiradigan tizim yaratish, odamlarimizning joylarda sudma-sud sarson bo‘lib yurishlariga barham berish uchun adolatli hukm va qaror chiqarish bo‘yicha viloyat sudlarining vakolati va  mas’uliyatini oshirish, tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o‘tkazish, tergov sifatini oshirish, tergov shaxsni ayblash uchun emas, jinoyatni fosh etish orqali haqiqatni aniqlash uchun ishlash tizimiga o‘tish, sudda ishlarni ko‘rishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusini shakllantirish, jinoyat ishini faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachining fikri bilan birga qabul qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi bo‘yicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab o‘rganiladigan tizimni joriy qilish, vaqtincha ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida joylarga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etish va yuzni tanish uskunasi o‘rnatish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ma’muriy sudlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, bu borada Xalqaro tijorat sudini O‘zbekistonda tashkil qilish bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlash yuzasidan aniq takliflar va ko‘rsatmalar berilgandi.

Hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, 2023 yil 16 yanvarda Prezidentimiz tomonidan imzolangan ikkita tarixiy hujjat, ya’ni “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon va ushbu Farmon ijrosini samarali ta’minlash maqsadida imzolangan “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon, murojaatnomada bildirilgan takliflarning ijrosini amalda ta’minlashga qaratilgan.

Farmonga ko‘ra 2023 – 2026 yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi va “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo‘naltirish, adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o‘zining ishonchli himoyachisini ko‘rishiga erishish, fuqarolar hamda tadbirkorlarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish, sudlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma’lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish, sud qarorlarining qat’iy ijrosini ta’minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini oshirish, sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uyg‘otish ustuvor vazifalar etib belgilandi

Ishlab chiqilishi belgilangan yangi qonun loyhasiga ko‘ra, ya’ni jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlari qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinganligini tekshirishning fuqarolarga qulay va soddalashtirilgan tartibini yaratish maqsadida, tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish;

viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish;

viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlarni Oliy sudning sudlov hay’atlarida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish;

yuqori instansiya sudlari tomonidan ishni yangidan ko‘rish uchun quyi sudlarga yuborish tartibini bekor qilish va ularga ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish mas’uliyatini yuklash joriy etiladi.

E’tirof etish kerakki, yuqori instansiya sudlari tomonidan ishni yangidan ko‘rish uchun quyi sudlarga yuborish tartibining bekor qilinishi va ularga ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish mas’uliyatining yuklanishi fuqarolarning sudma-sud sarson bo‘lib yurishlariga barham berishga zamin yaratadi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 yanvarda parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida davlat idoralari mansabdorlari sud mustaqilligini ta’minlash masalasi bundan buyon ham shaxsan Prezidentning qattiq nazoratida bo‘lishini chuqur anglab olishlari kerakliklari haqida fikrlari, bu sohadagi davlat rahbarining qat’iy pozitsiyasini ko‘rsatgandi.

Zero, sudya mustaqil bo‘lsa, qonunga so‘zsiz buysunsa, ma’suliyatni chuqur his qilsa, beg‘araz va xolis bo‘lgandagina adolat o‘rnatiladi.

Mazkur Farmonda, sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qat’iy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi qayd etilgan.

Sudning mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini ta’minlashni kuchaytirish bo‘yicha sudga hurmatsizlik qilish holatlarining oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash, sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, shuningdek, sud hujjatlarining ijro etilishini ta’minlashga qaratilgan ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish, odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlikka oid har bir jinoyat ishi yakuni bo‘yicha jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy etish, sudyaga nisbatan turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa so‘zlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga bo‘lgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek, abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risidagi axborotni olishdan iborat tezkor-qidiruv tadbirlarining o‘tkazilishiga faqat Bosh prokurorning sanksiyasi asosida yo‘l qo‘yilishini belgilash, jismoniy va yuridik shaxslarning protsessual xarakterga ega bo‘lmagan, huquqiy tushuntirish berish borasidagi masalalar bo‘yicha murojaatlarini adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqish amaliyotini yo‘lga qo‘yish choralarini belgilash nazarda tutildi.

Farmonning odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ixtisoslashgan prokurorlar korpusini shakllantirish qismi esa sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalangan holda odil sudlov faoliyatining samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashish, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda davlat ayblovini faqat qonunga asoslanib, xolislikni saqlagan holda sifatli qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishiga erishishga xizmat qiladi.

Alohida e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihati, endilikda ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari o‘z vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradilar hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari ularning sudda ishtiroki bilan bog‘liq faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimi sudlarda ko‘rilayotgan ishlar bo‘yicha ayblovni (fuqaroviy da’voni) qo‘llab-quvvatlash, o‘zgartirish yoki undan voz kechish, shu jumladan, Jinoyat kodeksi normalarini qo‘llash, jazo turi va meyorini belgilash masalalari yuzasidan fikrini sudga bayon qilishda mustaqil bo‘ladi, qonun talablariga va ishning barcha holatlaridan kelib chiqqan holda o‘z ishonchiga asoslanadi.

Farmonga ko‘ra, sud tizimi oldida turgan dolzarb vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida, Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi negizida Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti, Axborot-kommunikatsiya monitoringi – Vaziyatlar markazi tashkil etish, Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasi negizida Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi tashkil etiladi.

O‘z-o‘zidan ravshanki, bu sohada davlat siyosatini amalga oshirish birinchi navbatda sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining zimmasiga ulkan mas’uliyat va muhim vazifalar yuklaydi.

Shundan kelib chiqqan holda imzolangan “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon, yuqoridagi Farmon ijrosini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Ushbu Farmonga muvofiq, 2023 yil 1 iyuldan Bosh prokuratura va Oliy sud axborot tizimlarini integratsiya qilish yo‘li bilan o‘zaro hujjat almashinuvini to‘liq yo‘lga qo‘yiladi, odil sudlov faoliyatini amalga oshirish uchun jalb etilgan resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vakolatini tegishliligi bo‘yicha ma’muriy organlarga o‘tkaziladi, ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni quyi instansiya sudlarining o‘zida yakunlash tartibini belgilanadi, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha taraflarni kelishtirish va mediatsiya institutini keng joriy etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqiladi.

Shuningdek, 2023 yil 1 iyulga qadar yangi mexanizmlar joriy etilishi natijasida ish yuklamasi maqbullashtirilgan sudlarning shtat birliklari samarali taqsimlanishi ta’minlanadi. Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari o‘z faoliyatini samarali amalga oshirishlari uchun sud binolarida alohida xizmat xonalari ajratiladi va mazkur xonalar jihozlanadi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mazkur Farmonlarda ko‘rsatilgan vazifalarning bajarilishi sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga, ularning sha’ni hamda qadr-qimmatining kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka, shuningdek, sud va tergov organlarining mas’uliyatini yanada kuchaytirishga, aholining huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va sudga bo‘lgan ishonchini oshirish imkonini beradi.

 

Shahzod Baxtiyorov, Qashqadaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi                                                

Skip to content