Xatosini tushunib yetgan yigit qamoqdan ozod qilindi

Dehqonobod tumani Nayman qishlog‘ida istiqomat qiluvchi ikkala hamqishloq o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida Sh.Boypo‘latov E.Berdiyevni urib, unga tan jarohati yetkazadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudining 2022 yil 25 oktabrdagi hukmiga asosan Sh.Boypulatov E.Berdiyevga o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazganlikda aybdor deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan 2 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Qashqadaryo viloyat sudiga apellyatsiya shikoyati bergan Sh.Boypo‘latovning ishi apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqildi.

Yetkazilgan zararlar qoplanganligi hamda jabrlanuvchining sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligi inobatga olindi. Ozodlikning qadriga yetgan va o‘z xatosidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan Sh.Boypulatovga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirildi va sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

 

Farhod Tilavov, Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti