Qashqadaryo viloyati sudlari tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida odil sudlov borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

2025-yilning 1-choragi davomida Qashqadaryo viloyat, tumanlararo, tuman va shahar sudlariga 3.512 (2024 yil 1-chorak davomida 3.039)ta murojaat kelib tushgan (murojaatlar 2024-yilning 1-choragiga nisbatan 473taga ko‘paygan).

Mazkur murojaatlarning:

604 (2024-yil 1-chorak davomida 314)tasi umumiy murojaatlar, o‘tgan yilga nisbatan 290 taga ko‘paygan;

1.096 (2024-yil 1-chorak davomida 1.028)tasi shaxsiy va sayyor qabullar jarayonida kelib tushgan murojaatlar, o‘tgan yilga nisbatan 68taga ko‘paygan;

1.773 (2024-yil 1-chorak davomida 1.634)ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar, o‘tgan yilga nisbatan 139 taga ko‘paygan;

3 (2024-yil 1-chorak davomida 5)ta O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar portali  orqali kelib tushgan murojaatlar o‘tgan yilga nisbatan 2taga kamaygan;

39 (2024-yil 1-chorak davomida 64)ta O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar, o‘tgan yilga nisbatan 25taga kamaygan.

Murojaatlarning 1.174 (2024-yil 1-chorak davomida 574)tasi sud qarorlari yuzasidan, 167 (2024-yil 1-chorak davomida 96)tasi sud hujjatlari ijrosi yuzasidan, 8 (2024-yil 1-chorak davomida 2)tasi sud hujjatini vaqtida ololmayotganligi yuzasidan, 4 (2024-yil 1-chorak davomida 22)tasi sudyalarning xatti-harakatlari yuzasidan, 1 (2024-yil 1-chorak davomida 10)tasi sud xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan, 15 (2024-yil 1-chorak davomida 10)tasi ish vaqtida ko‘rilmayotganligi yuzasidan, 2.023 (2024-yil 1-chorak davomida 2.232)tasi boshqa masalalar bo‘yicha kelib tushgan arizalarni tashkil etadi.

Kelib tushgan murojaatlarning o‘rganish natijalariga ko‘ra 104 (2024-yil 1-chorak davomida 44)tasi qanoatlantirilgan, 14 (2024-yil 1-chorak davomida 8)tasi rad qilingan, 3.274 (2024-yil 1-chorak davomida 2.839)tasiga tushuntirish berilgan, 14 (2024-yil 1-chorak davomida 9)tasi taalluqliligiga ko‘ra yuborilgan, 40 (2024-yil 1-chorak davomida 42)tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborilgan, 7 (2024-yil 1-chorak davomida 4)tasi anonim murojaatlar bo‘lganligi bois ko‘rmasdan qoldirilgan.

Shundan 105 (2024-yil 1-chorak davomida 58)tasi takroriy, 402 (2024-yil 1-chorak davomida 49)tasi dublikat murojaatlar hisoblanadi.

JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA SUDLAR

2025-yilning 1-choragi davomida 1356 shaxsga nisbatan 1062ta jinoyat ishi ko‘rilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan shaxs soni 154 taga, ish soni 162 taga ko‘paygan.

Ishi ko‘rib tamomlangan shaxslarning 792tasi yoki 74.5 foizi bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgan, 1tasi yoki 0.1 foizi oqlangan, 230tasi yoki 21.6 foizining ishi harakatdan tugatilgan, shundan 221tasi yoki 96 foizining ishi yarashuv asosida tugatilgan.

Oqlov hukmlari 10 shaxs:

Birinchi instansiyada 1ta ish bo‘yicha 1 shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan.

Apellyatsiya instansiyasida 1ta ish bo‘yicha 1 shaxs oqlangan.

Kassatsiya instansiyasida 2ta ish bo‘yicha 3 shaxs oqlangan.

Taftish instansiyasida 4ta ish bo‘yicha 5 shaxs oqlangan.

Oqlov hukmlarining o‘sish dinamikasi:

2014-yilda 2 shaxs;

2015-yilda 4 shaxs;

2016-yilda 1 shaxs;

2017-yilda 17 shaxs;

2018-yilda 93 shaxs;

2019-yilda 146 shaxs;

2020-yilda 47 shaxs;

2021-yilda 40 shaxs;

2022-yilda 37 shaxs;

2023-yilda 30 shaxs;

2024-yilda 22 shaxs.

Birinchi instansiyada 56ta ish bo‘yicha 86 shaxsdan asossiz ayblovlar sudlanuvchilarning zimmasidan chiqarilgan.

Apellyatsiya instansiyasida 18ta ish bo‘yicha 38 shaxsdan asossiz ayblovlar sudlanuvchilarning zimmasidan chiqarilgan.

Kassatsiya instansiyasida 18ta ish bo‘yicha 43 shaxsdan asossiz ayblovlar sudlanuvchilarning zimmasidan chiqarilgan.

2ta reabilitatsiya etilgan shaxslarga davlat hisobidan 704.680.302 so‘m moddiy zarar undirish belgilangan.

Tayinlangan jazo choralari:

Jami 792ta jinoyat ishi bo‘yicha 1021 shaxsga nisbatan jazo tayinlanib, ayblov hukmi chiqarilgan bo‘lib, shundan:

122 shaxsga yoki 11.9 foiziga jarima;

6 shaxsga yoki 0.5 foiziga majburiy jamoat ishlari;

239 shaxsga yoki 23.4 foiziga axloq tuzatish ishlari;

338 shaxsga yoki 33.1 foiziga ozodlikni cheklash;

316 shaxsga yoki 30.9 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

24 shaxs yoki 2.3 foizi shartli hukm qilingan.

39 shaxsga yoki 4.9 foiziga jazo tayinlamasdan hukm chiqarilgan.

Voyaga yetmagan 65 shaxsga nisbatan 52ta (jami ko‘rib tamomlangan ishlarning 4.8 foizi) jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan, 57 shaxsga yoki 7.1 foiziga hukm chiqarilgan, 8 shaxsga yoki 3.4 foiziga oid ishlar tugatilgan, voyaga yetmaganlarning 7tasiga yoki 2.2 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

153 nafar ayollarga nisbatan 133ta (jami ko‘rib tamomlangan ishlarning 12.5 foizi)ishlar ko‘rib tamomlangan, 132 nafariga yoki 12.9 foiziga hukm chiqarilgan, 20 nafariga yoki 7.4 foiziga oid ishlar tugatilgan. Ayblov hukmi chiqarilgan ayollarning 21tasiga yoki 6.6 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

80 nafar 60 yoshdan oshganlarga nisbatan 78ta (jami ko‘rib tamomlangan ishlarning 7.3 foizi) jinoyat ishlari ko‘rib tamomlangan, 68 nafariga yoki 6.6 foiziga hukm chiqarilgan, 12 nafariga yoki 4.4 foiziga oid ishlar tugatilgan. Ayblov hukmi chiqarilgan 60 yoshdan oshganlarning 8tasiga yoki 2.5 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Yoshlar agentligining kafolat xati asosida 3 nafar voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan 2ta ish ko‘rilgan, ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

Xotin-qizlar qo‘mitasining kafolat xati asosida ishlar ko‘rilmagan.

Mahalla fuqarolar yig‘inining kafolat xati asosida
2 nafar shaxsga nisbatan 2ta ish ko‘rilgan, ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

Birinchi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud qarorlaridan apellyatsiya instansiyasida 48 (26%) shaxsga nisbatan o‘zgartirilgan, 6 (3.2%) shaxsga nisbatan bekor qilingan.

Viloyat sudining kassatsiya instansiyasida 29 (33.7%) shaxsga nisbatan o‘zgartirilgan bo‘lsa, 13 (15.1%) shaxsga nisbatan bekor qilingan.

Viloyat sudining taftish instansiyasida 22 (22.9%) shaxsga nisbatan sud qarori o‘zgartirilgan, 9 (9.3%) shaxsga nisbatan bekor qilingan.

Jinoyat sodir etgan 88 shaxs sud zalidan qamoqqa olingan.

Jinoyat sodir etgan 95 shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilingan.

394 shaxsga JKning 57-moddasi tartibida yengilroq jazo tayinlangan.

372 shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosining saqlash sharoiti o‘zgartirilib, JIKning 113-moddasi tartibida manzil- koloniyalarga o‘tkazilgan.

309 shaxsning jazosi JKning 74-moddasi tartibida yengilrog‘i bilan almashtirilgan.

636 shaxs JKning 73-moddasi tartibida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilingan.

Sayyor sud majlislarida 384ta ish yoki 36.1 foizi ko‘rilib, 652 nafar fuqaro ishtirok etgan.

Xususiy ajrim 755ta yoki 71 foiz chiqarilgan.

Birinchi instansiyada 2174ta materillar, shundan 1758tasi sanksiya materillari ko‘rib tamomlangan.

Sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 21.842.565.273 so‘mlik zararni qoplaganligi sababli birinchi va apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarida 142 shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

Tuman va shahar sudlarining har bir sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi jinoyat ishi bo‘yicha 20.8tani, materiallar 34.4tani, jami 57.2tani tashkil qilgan.

Viloyat sudi sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi apellyatsiya instansiyasida 4.6 tani, kassatsiya instansiyasida 2.3 tani, taftish instansiyasida 2.4 tani, barcha instansiyada ko‘rilgan materiallar 1 tani, jami 10.3 tani tashkil qilgan.

18 marta korxona va tashkilotlarda ma’ruza, suhbat va uchrashuvlar o‘tkazilgan.

574 marta aholi o‘rtasida leksiya, suhbat va uchrashuvlar o‘tkazilgan.

26 marta o‘quv muassasalarida leksiya, suhbat va uchrashuvlar o‘tkazilgan.

63 marta gazeta-jurnallarda maqolalar chop etilgan.

71 marta radioda chiqishlar qilingan.

79 marta televideniyada chiqishlar qilingan.

115 marta veb-saytlarda chiqishlar qilingan.

JPK 416-417-moddalariga asosan tergovga yuborilgan ajrimlar:

Birinchi instansiyada 15 shaxsga nisbatan 7ta ish tergovga yuborilib, 3tasi bo‘yicha vajlari tasdig‘ini topmagan, 4ta ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Apellyatsiya instansiyasida 3 shaxsga nisbatan 3ta ish tergovga yuborilib, 1tasi bo‘yicha vajlari qisman tasdig‘ini topgan, 2ta ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Kassatsiya instansiyasida 1 shaxsga nisbatan 1ta ish tergovga yuborilib, ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Taftish instansiyasida 1 shaxsga nisbatan 1ta ish tergovga yuborilib, tasdig‘ini topmagan.

Ayrim jinoyatlarning modda kesimida o‘sishi tahlili:

O‘g‘irlik (JKning 169-moddasi) jinoyatlar 153(82)ta yoki 71taga;

Qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘irlikda tan jarohati yetkazish (JK 104-105-moddalari) jinoyatlari 109(84)ta yoki 25taga;

Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish (JKning 266-moddasi) jinoyatlari 137(115)ta yoki 22taga;

Bezorilik (JKning 277-moddasi) jinoyati 56(44)ta yoki 12taga;

Oilaviy zo‘ravonlik (JKning 1261-moddasi) jinoyatlar 33(21)ta yoki 12taga;

Giyohvandlik bilan bog‘liq (JKning 270-276-moddalari) jinoyatlar 75(67)ta yoki 8taga;

Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq (JKning 122-moddasi) jinoyatlar 30(22)ta yoki 8taga;

Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq (JKning 184-moddasi) jinoyatlar 9(5)ta yoki 4taga;

Bosqinchilik bilan bog‘liq (JKning 164-moddasi) jinoyatlar 4(1)ta yoki 3taga;

Odam savdosi (JKning 135-moddasi) jinoyatlar 4(0)ta yoki 4taga;

Qasddan odam o‘ldirish (JKning 97-moddasi) jinoyatlari 7(5)ta yoki 2taga ko‘paygan.

 

Ayrim jinoyatlarning modda kesimida kamayishi tahlili:

Qasddan badanga yengil shikast yetkazish (JKning 109-moddasi) jinoyatlari 51(77)ta yoki 26taga;

Nomusga tegish (JK 118-moddasi) jinoyati 5(9)ta yoki 4taga;

Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash (JKning 131-moddasi) jinoyatlari 25(29)ta yoki 4taga;

Tovlamachilik (JK 165-moddasi) jinoyati 7(12)ta yoki 5taga;

Qiynash (JK 110-moddasi) jinoyati 2(4)ta yoki 2taga;

O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish (JK 112-moddasi) jinoyati 2(5)ta yoki 3taga;

Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish (JKning 257-moddasi) jinoyatlari 6(8)ta yoki 2taga kamaygan.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 2025-yilning 1-yanvaridan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman va shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etildi.

Tergov sudyalariga jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalalari — qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish, murdani eksgumatsiya qilish, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash, ushlab turish muddatini 48 soatga qadar uzaytirish hamda prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatmalarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomalarini ko‘rib chiqadi. Shuningdek, tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqish vakolati yuklatildi.

Bu orqali jinoyat ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudi sudyalari o‘rtasida ish hajmi mutanosibligi ta’minlanadi.

Jami 416ta sanksiya materiallari ko‘rib tamomlanib, shundan 400tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 16tasi yoki 3.8 foizi rad qilingan. Shundan 270ta qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomalar ko‘rilgan, 256tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 14 tasi yoki 5.1 foizi rad qilingan.

2025-yilning 1-choragi davomida 10.989 shaxsga nisbatan 9.186ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib tamomlangan. 6.824 shaxsga nisbatan 6.187ta ish bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqarilgan bo‘lsa, 4.165 shaxsga nisbatan 2.999ta ish harakatdan tugatilgan. Ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxslarning 6.155 nafariga yoki 99.4 foiziga jarima, 16 nafariga yoki 0.2 foiziga maxsus huquqdan mahrum qilish, 646 nafariga yoki 9.4 foiziga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 1 nafariga ashyoni musodara qilish, 5 shaxs ma’muriy deportatsiya qilingan.

673 shaxsga nisbatan 484ta ish O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 21-moddasiga asosan, 3.492 shaxsga nisbatan 2.515ta ish MJtKning 271, 212-moddalariga asosan tugatilgan.

Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar bo‘yicha 9.394ta materiallar ko‘rib tamomlangan, shundan 8.820tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 574tasi yoki 6.1% rad qilingan.

Birinchi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud qarorlaridan apellyatsiya instansiyasida 175 shaxsga nisbatan 135ta ish ko‘rilgan, shundan 44 (25.1%) shaxsga nisbatan sud qarorlari o‘zgartirilgan bo‘lsa, 75 (42.8%) shaxsga nisbatan sud qarorlari bekor qilingan.

Birinchi instansiya sudlarida ko‘rilgan ma’muriy huquqbuzalik ishlari bo‘yicha materiallardan apellyatsiya intansiyasida 113 tasi ko‘rilgan, 31 tasi bo‘yicha sud qarorlari o‘zgartirilgan bo‘lsa, 15tasi bo‘yicha sud qarorlari bekor qilingan.

Birinchi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud qarorlaridan kassatsiya instansiyasida 183 shaxsga nisbatan 160ta ish ko‘rilgan, shundan 36 (19.6%) shaxsga nisbatan sud qarorlari o‘zgartirilgan bo‘lsa, 69 (37.7%) shaxsga nisbatan sud qarorlari bekor qilingan.

Birinchi instansiya sudlarida ko‘rilgan ma’muriy huquqbuzalik ishlari bo‘yicha materiallardan kassatsiya intansiyasida 68tasi ko‘rilgan, 21tasi bo‘yicha sud qarorlari o‘zgartirilgan bo‘lsa, 11tasi bo‘yicha sud qarorlari bekor qilingan.

Tuman va shahar sudlarining har bir sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar bo‘yicha 180.1tani, materiallar 184.1tani, jami 364.2tani tashkil qiladi.

Viloyat sudi sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi yuqori instansiyada 9.8tani, materiallar 6tani, jami 15.8tani tashkil qiladi.

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA SUDLAR

Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlar tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida jami 9.824ta ishlar ko‘rilgan, shundan 6.821ta fuqarolik ishi, 2.997ta material tartibda ko‘rilgan ishlar, 6ta hakamlik sudining hal qiluv qaroriga doir ishlar, shuningdek 142.214.232.931 so‘mlik 19.948ta sud buyrug‘i chiqarilgan.

Har bir sudyaning o‘rtacha oylik ish hajmi 136,4ta fuqarolik ishi, 277,0ta sud buyrug‘ini jami 413,4tani tashkil qilgan. Viloyatda sudyaning o‘rtacha oylik ish hajmi 20,2ta fuqarolik ishini tashkil etgan.

Tumanlararo sudlar tomonidan mazmunan ko‘rib tamomlangan jami 6.821ta fuqarolik ishlaridan 5.825ta hal qiluv qarori chiqarilib, 4.770ta da’vo qanoatlantirilgan, 1.055ta da’vo rad etilgan, 768ta ko‘rmasdan qoldirilgan, 228ta ish yuritishdan tugatilgan.

2025-yilning 1-choragi mobaynida jami 1.562 ta nikohdan ajratish bilan bog‘liq ishlar ko‘rilgan bo‘lib, 809 ta yoki 51,7 foiz da’volar qanoatlantirilgan, 537 tasi rad qilingan, 127 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 89 tasi ish yurituvdan tugatilgan.

Ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlari nizo turi bo‘yicha tahlil qilinganda, mehnat nizolari  398 ta yoki 5,8 foiz, oilaviy nizolar 2.940 ta yoki 43,1 foiz,  uy-joy bilan  bog‘liq nizolar 207 ta yoki 3,0 foiz, kredit qarzdorligini undirish bilan bog‘liq nizolar 645 ta yoki 9,4 foiz, kommunal xizmat bo‘yicha qarzdorlik va  zarar undirish 120 ta yoki 1,7 foiz, bitim bilan bog‘liq ishlar 36 ta yoki 0,5 foiz, yer nizolari 969 ta yoki 14,2 foiz, alohida tartibda yuritilgan ishlar 249 ta yoki 3,6 foiz, da’vo tartibida ko‘rilgan boshqa ishlar 1.257 ta yoki 18,4 foizni tashkil etgan.

Sudlar tomonidan kredit shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar bilan bog‘liq 645 ta fuqarolik ishlari ko‘rilgan. 55.922.856.181 so‘mlik 495ta  da’vo arizalari qanoatlantirilgan.

Sudlar tomonidan 232 marta turli huquqiy mavzularda ma’ruza, uchrashuv va suhbatlar o‘tkazilgan, 41 marta televideniyeda, 28 marta radioda chiqishlar qilingan, 26 marta gazeta va jurnallarda maqolalar e’lon qilingan, 39ta veb-sayt va boshqa axborot vositalarida chiqishlar qilingan, shuningdek 1.134ta yoki 11,5 foiz fuqarolik ishlari sayyor sud majlislarida ko‘rilgan. Sudlar tomonidan ko‘rilgan fuqarolik ishlari yuzasidan 379ta xususiy ajrimlar chiqarilgan.

Birinchi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud hujjatlariga nisbatan keltirilgan shikoyatlarga asosan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida jami 246 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan(295) 49 taga 16,7 foizga kamaygan.

Apellyatsiya instansiyasida hal qiluv qarorlariga nisbatan ko‘rilgan 246 ta ishlarning 40 tasi yoki 16,2 foizi bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlari bekor qilingan, 13 tasi yoki 5,2 foizi o‘zgartirilgan.

Birinchi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud hujjatlariga nisbatan keltirilgan shikoyatlarga asosan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasida jami 188 ta ish, jami tamomlangan ishlarning 2,7 foizi ko‘rilgan.

Kassatsiya instansiyasida hal qiluv qarorlariga nisbatan ko‘rilgan 188 ta ishlarning 45 tasi yoki 23,9 foizi bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlari bekor qilingan, 6 tasi yoki 3,1 foizi o‘zgartirilgan.

Birinchi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud hujjatlariga nisbatan keltirilgan shikoyatlarga asosan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasida jami 112 ta ish, jami tamomlangan ishlarning 1,6 foizi ko‘rilgan.

Taftish instansiyasida hal qiluv qarorlariga nisbatan ko‘rilgan 112 ta ishlarning 10 tasi yoki 8,9 foizi bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlari bekor qilingan, 2 tasi yoki 1,7 foizi o‘zgartirilgan.

IQTISODIY SUDLAR

Qashqadaryo viloyati iqtisodiy sudlari tomonidan 2025-yilning 1-choragida jami 17.762ta (o‘tgan yilning shu davrida 2.568ta) iqtisodiy ishlar mazmunan hal etilgan. Ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15.194taga yoki 6,92 barobarga ko‘paygan.

Sudlar kesimida ko‘rilgan ishlar hajmi Qarshi tumanlarar iqtisodiy sudi 4.002(+3.460)ta, Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudi 3.785(+3.416)ta, Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudi 3.026(+2.879)ta, Yakkabog‘ tumanlararo iqtisodiy sudi 2.463(+2.116)ta, G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudi 1.538(+1.260)ta, Koson tumanlarar iqtisodiy sudi 1.386(+978)ta, Kasbi tumanlarar iqtisodiy sudi 1.056(+579)tani tashkil etib qo‘paygan bo‘lsa, viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati birinchi instansiyada 6(-2)tani tashkil qilgan holda kamaygan.

Nizo toifasi bo‘yicha:

– Fuqarolik huquqiy munosabatlarga oid 2.027ta (2.017ta);

– Ma’muriy huquqiy munosabatlarga oid 14.975ta (416ta);

– Tashkilot va fuqarolarning bankrotligiga oid 214ta (130ta);

– Korporativ (ta’sischilar o‘rtasidagi nizo) munosabatlarga oid 4ta (11ta);

– Arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar 22ta;

– Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar 2ta;

– Hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar 17ta;

– Raqobatga oid ishlar 3ta ishlar ko‘rilgan.

Tumanlararo iqtisodiy sudlar sudyalarining o‘rtacha oylik ish hajmi 479,3(107)tani, viloyat sudi sudyasining ish hajmi 14(13,2)tani tashkil etgan bir paytda, ushbu ko‘rsatkich Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudi 1.008(74)ta, Yakkabog‘ tumanlararo iqtisodiy sudi 821(173,5)ta, Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudi 630(92,3)ta, G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudi 512(139)ta, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi 444(90,3)ta, Koson tumanlararo iqtisodiy sudi 231(102)ta, Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudi 176(119,3)tani tashkil qilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslarga qulayliklar yaratish hamda aholi orasida sudning ta’sirchanligini oshirish maqsadida hisobot davrida iqtisodiy sudlar sudyalari tomonidan jami 13.039(748)ta yoki 73,41 foiz  ishlar sayyor sud majlislarida ko‘rilgan.

2025-yilning 1-choragi davomida Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ko‘rilgan nizolar bo‘yicha 152(141)ta ishlardan 20(27)tasi yoki (13,16%) bekor qilingan, 5(20) tasi yoki (3,29%) o‘zgartirilgan, 127(94) tasi (83,56%) o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Sayyor sudda 46ta(0) ko‘rilgan.

Kassatsiya instansiyasida jami 54(6ta) ishlardan 16(2)tasi (29,63%) bekor qilingan, 9(0)tasi (16,67%) o‘zgartirilgan hamda 29(4) tasi (53,71%) o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Taftish instansiya sudi tomonidan 82(30)ta shikoyatlar ko‘rib chiqilgan, shundan 14(13)tasi (17,08%)bekor qilingan, 4(2)tasi (4,88%)o‘zgartirilgan, 64(15)tasi (78,05%) o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudlari sudyalari tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida jami 78(62)ta sud ta’sir choralari qo‘llanilgan bo‘lib, shundan 0(1)tasi ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, 4(4)tasi moddiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, 71(8)tasi intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida hamda 3(51)tasi boshqa masalalar bo‘yicha xususiy ajrim va taqdimnomalardir.

Iqtisodiy sud sudyalari tomonidan aholiga qonunlarni tushuntirish, amaldagi qonunchilikni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish hamda qoidabuzarliklarning oldini olish yuzasidan jami 191(151)marotaba targ‘ibot ishlari olib borilgan, ommaviy axborot vositalarida 57(31)marta, shu jumladan: televideniyeda 15(6)ta, radioda 5(14) marta, gazeta va jurnallarda 10(6)ta va veb-sayt va boshqa axborot vositalarida 27(5)ta chiqishlar qilingan.

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar sudlar kesimida, viloyat sudida 11ta, Koson tumanlararo sudida 11ta, Qarshi tumanlararoda 10ta, Kasbi tumanlararoda 9ta, Shahrisabz tumanlararoda 7ta, G‘uzor tumanlararo sudida 5ta, Yakkabog‘ va Chiroqchi tumanlararo sudida 2tani tashkil etadi.

Aholi orasida 134(120)marotaba davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazilgan.

MA’MURIY SUDLAR

2025-yilning 1-choragi davomida Qashqadaryo viloyat va tumanlararo ma’muriy sudlarida shtat bo‘yicha belgilangan 13 ta sudyadan bugungi kunda 11 ta sudya o‘z vazifasini amalga oshirib kelmoqda.

2025-yilning 1-choragi davomida Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudlarining birinchi instansiyasida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 536ta ish ko‘rib tamomlangan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 69,6% ga ko‘paygan.

Shundan 309 tasi qanoatlantirilgan, 189 tasi rad qilingan,
25 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 13 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudlarining birinchi instansiyasi tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida jami 73 ta xususiy ajrim chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 10,6 foizga o‘sgan.

Shulardan 73 ta xususiy ajrimdan 51 tasining javobi olingan bo‘lib, mansabdor shaxslarga intizomiy jazo choralari qo‘llanilmagan.

Qolgan 22 ta xususiy ajrimning ijrosini ta’minlash muddatlari mavjud.

Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha jami 9 ta ish yakuni yuzasidan qonun hujjatlari buzilish holatlari aniqlanib, sudlov hay’atlari tomonidan xususiy ajrimlar chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirilgan.

Shulardan 9 ta xususiy ajrimdan 3 tasini javobi olingan bo‘lib, mansabdor shaxslarga intizomiy jazo choralari qo‘llanilmagan.

Qolgan 6 ta xususiy ajrimning ijrosini ta’minlash muddatlari mavjud.

Bundan tashqari Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudlari birinchi instansiyasi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish sudlov hay’atlari tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida javobgar organlarga nisbatan 52 ta ishni ko‘rish natijasida taraflarning xatti-harakatida jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligiga huquqiy baho berilishi uchun prokuratura idoralariga xabarnomalar yuborilgan.

Quyidagi ma’muriy organlar mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish bilan bog‘liq ishlar nisbatan ko‘proq ko‘rilgan:

-Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 333 ta ish ko‘rilgan. 2024-yilning mos davriga nisbatan deyarli 132,8%ga ko‘paygan.

Shundan, 255 tasi qanoatlantirilgan, 65 tasi rad etilgan. Chiqarilgan sud ta’sir choralarining asosiy qismi, ya’ni, 55 tasi, xususiy ajrimlarni 75,3 foizi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mansabdor shaxslarida aniqlangan qonunbuzilish holatlariga nisbatan chiqarilgan.

-Davlat soliq organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 42 ta ko‘rilgan. 2024 yilning mos davriga nisbatan deyarli 23,6%ga kamaygan.

Shundan 20 tasi qanoatlantirilgan, 15 tasi rad etilgan. Chiqarilgan sud ta’sir choralarining 7 tasi, ya’ni, xususiy ajrimlarning 9,5 foizi soliq idoralari mansabdor shaxslarida aniqlangan qonunbuzilish holatlariga nisbatan chiqarilgan.

-Hokimiyat mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish va hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 43 ta ish ko‘rilgan. Shundan 6 tasi qanoatlantirilgan, 33 tasi rad etilgan, 2 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 2 tasi ish yuritishdan tugatilgan.

Chiqarilgan sud ta’sir choralarining 4 tasi, ya’ni, xususiy ajrimlarning 5,4 foizi hokimiyat mansabdor shaxslarida aniqlangan qonunbuzilish holatlariga nisbatan chiqarilgan.

Mahalliy hokimliklar bilan bog‘liq ishlar 2024-yilning mos davriga nisbatan (49 ta) 12,2 foizga kamaygan. Buni qabul qilingan yangi tartib-tamoyillarga asosan yer bilan bog‘liq munosabatlarda inson omilining keskin kamayganligi va 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Prezident farmoniga ko‘ra 2021-yil 1-avgustdan boshlab hokimning yer ajratish vakolati olib qo‘yilishi bilan bog‘lash mumkin.

-DSQ huzuridagi Kadastr agentligi va uning hududiy bo‘g‘inlari mansabdor shaxslari bilan bog‘liq ishlar jami 46 ta ko‘rilib, 15 tasi qanoatlantirilgan va 28 tasi rad etilgan va 3 tasi ish yuritishdan tugatilgan.

-Ichki ishlar vazirligi mansabdor shaxslari bilan bog‘liq ishlar jami 8 ta ko‘rilgan bo‘lib 8 tasi rad etilgan.

-Qurilish vazirligi va uning hududiy bo‘g‘inlari mansabdor shaxslari bilan bog‘liq ishlar jami 1 ta ko‘rilgan bo‘lib, mazkur ish arizachining vaajlari o‘z isbotini topmaganligi sababli rad etilgan.

-Majburiy ijro byurosi markaziy va hududiy idoralari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ular tomonidan chiqarilgan qarorlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq 49 ta (2024-yili 37 ta) ish ko‘rilgan bo‘lib, shundan 10 tasi qanoatlantirilgan, 31 tasi rad etilgan, 3 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 5 tasi sh yuritishdan tugatilgan;

Bir oz vaqt muqaddam qonunchilikka ko‘ra, iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisining chiqargan qarori ustidan undiruvchi yoki qarzdor tomonidan ijro hujjatini bergan iqtisodiy sudga shikoyat berilish nazarda tutilgan edi.

Endilikda O‘zbekiston Respublikasining 833-sonli qonuniga ko‘ra ushbu tartib o‘zgartirilib, davlat ijrochisining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qaror chiqarilganligi to‘g‘risida xabar qilingan kundan yoki manfaatdor shaxsga o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan yerdagi ma’muriy sudga yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladigan bo‘ldi.

Iqtisodiy sudlarda endilikda bunday ishlar ko‘rilmaydi. Yagona sud amaliyoti yaratilishi uchun amalga oshirilgan o‘zgarish.

Bu ishlarni ko‘rishda ma’muriy organ tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato bu aliment qarzdorligini bir tomonlama vakolatdan chetga chiqqan holda hisoblash va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 808-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga zid ravishda chet elga chiqish taqiqlarini bekor qilish bilan bog‘liq masalalar diqqatga sazovor.

-Adliya organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 2 ta ish ko‘rilgan. Shundan, 1 tasi qanoatlantirilgan va 1 tasi ish yuritishdan tugatilgan.

-Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 3 ta ish ko‘rilgan. Shundan, 1 tasi qanoatlantirilgan, 2 tasi rad qilingan.

-Bundan tashqari Transport vazirligi, Qishloq ho‘jaligi vazirligi, Suv ho‘jaligi vazirligi va boshqa idora va tashkilotlar mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq 8 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, shundan 6 tasi rad etilgan va 2 tasi ish yuritishdan tugatilgan;

2025-yilning 1-choragi davomida apellyatsiya instansiyasida jami
49 ta ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar ko‘rilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 16,6 %ga ko‘paygan.

Shundan 41 ta ish o‘zgarishsiz qoldirilgan, 5 ta ish bekor qilingan va 3 ta ish apellyatsiya ish yurituvidan tugatilgan.

Kassatsiya instansiyasida jami 17 ta ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar ko‘rilgan bo‘lib.

Shundan 15 ta ish o‘zgarishsiz qoldirilgan, 2 ta ish bekor qilingan.

Taftish instansiyasida jami 29 ta ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar ko‘rilgan bo‘lib, shundan 25 ta ish o‘zgarishsiz qoldirilgan, 2 ta ish bekor qilingan, 1 ta ish taftish ish yurituvidan tugatilgan va 1 ta ish ko‘rmasdan qoldirilgan.

Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi sudyalari tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida sud amaliyoti yuzasidan o‘tkazilgan umumlashtrishlari 6 tani tashkil etib, shundan 4 tasi muayyan ishlar bo‘yicha, 2 tasi umumiy masalalarda o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan umumlashtirish natijalari yuzasidan, tegishli tashkilot mansabdor shaxslariga tegishli tavsiyalar berilgan.

Qashqadaryo viloyat va tumanlararo ma’muriy sudi sudyalari tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida o‘tkazilgan og‘zaki huquqiy targ‘ibotlar 35 tani tashkil etib, shundan 31 ta ma’ruza, 2 ta davra suhbatlari va 2 ta seminarlar o‘tkazilgan.

Bundan tashqari Qashqadaryo viloyat va tumanlararo ma’muriy sudi sudyalari tomonidan 2025-yilng 1-choragi davomida 47 ta ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilinib, shundan 13 ta televideniyada, 4 ta radioda, 13 ta gazeta va jurnallarda maqolalar hamda 17 ta veb-sayt va boshqa axborot vositalarida chiqishlar qilingan.

2025-yilning 1-choragi davomida jami 251.598.750 so‘mlik 365 ta ijro hujjatlaridan 69.371.000 so‘mlik 158 ta 43,29 foiz sud hujjatlari ijrosi ta’minlangan bo‘lib, bugungi kunda 182.227.750 so‘mlik 207 ta (56,71 foiz) ijro hujjatlari qoldiqda qolmoqda.

2025-yilning 1-choragi davomida Qashqadaryo viloyat sudlariga jami 214 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan (102 ta) 109,8 foizga ko‘paygan.

Shundan: Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudining raisi va tumanlararo sudi raisi hamda sudyalari tomonidan 102 ta (shundan 102 tasi yoki 100% og‘zaki ravishda) fuqaro ariza, taklif va murojaatlar bilan qabul qilingan bo‘lib, shundan 12 ta murojaat sayyor qabulda va 90 ta murojaatlar bevosita idorada qabul qilingan.

Murojaatlarning 102 tasi yoki 100% ning qonuniy huquqlari tushuntirilgan hamda qanoatlantirilgan bo‘lib, takror shikoyatlar kelib tushmagan.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi sudyalari tomonidan Qarshi shahar, Shahrisabz shahar, Mirishkor, Muborak, Kasbi tumanlarida jami bo‘lib 12 nafar fuqaro qabul qilingan.

2025-yilning 1-choragi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, Bosh prokuratura, Halq qabulxonasi va boshqa idoralar veb-sayti orqali Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudiga kelib tushgan jami 66 ta murojaatdan 66 tasi yoki 100 % o‘rganib chiqilib, shundan 66 ta yoki 100% tushuntirishlar berilgan qoldiqda murojaatlar qolmagan.

Jumladan, 2025-yilning 1-choragi davomida Qashqadaryo viloyati va tuman ma’muriy sudlariga jami 46 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 46 ta yoki 80,5 % murojaatlar o‘rganib tushuntirish berilgan, 9 tasi yoki 19,5 % tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, qoldiqda murojaatlar qolmagan.

Qashqadaryo viloyat va tumanlararo ma’muriy sudlarida jismoniy va yuridik shaxslar (vakillari)dan kelib tushgan murojaatlarda ko‘rsatilgan barcha vajlar to‘liq tekshirilib, shaxsan sud raisi nomidan javob berish yo‘lga qo‘yilgan.

Murojaatlarni qonuniy va sifatli hal etilishi va ularni takroran kelib tushishining oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratgan holda, doimiy ravishda tahlil etib borilishi hamda aniqlangan xato-kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi belgilab qo‘yilgan.

Kelib tushgan har bir murojaatni hisobga olish, uning harakati va belgilangan muddatida ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat kuchaytirilgan.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Sudyalar ichki ishlar xodimlari uchun seminar o’tkazdi

Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay’ati tashabbusi bilan viloyat IIBda tashkil etilgan seminar mehnat munosabatlari va unga rioya etish mavzuida bo’lib o’tdi.

Unda viloyat sudi raisi o’rinbosari-fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay’ati raisi Kamol Namazov ma’ruza qilib, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasiga muvofiq xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek, muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish va ishga tiklash haqidagi da’vo arizalari ko’rib chiqilish jarayonida ish beruvchi tomonidan yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklar xususida to’xtalib o’tdi.

Seminarda ishtirok etgan fuqarolik ishlari bo’yicha sudyalar ma’ruza qilib, Mehnat kodeksining 157, 160, 161-moddalari talablari, shuningdek, xizmat tekshiruvi bilan bog’liq masalalar, mehnat intizomini buzganlik uchun ish beruvchi tomonidan xodimlarga nisbatan qo’llaniladigan va qo’llanilishi mumkin bo’lmagan jazo choralari to’g’risida batafsil ma’lumotlar berishdi.

Mansur Niymatov, fuqarolik ishlari bo’yicha Kasbi tumanlararo sudi sudyasi

Tergov sudyalari uchun seminar tashkil etildi

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan joriy yildan boshlab jinoyat ishlari bo’yicha sudlarda tergov sudyalari o’z faoliyatini boshlashdi. Qashqadaryo viloyatida faoliyatini boshlagan tergov sudyalari uchun videokonferensaloqa rejimida seminar tashkil etildi.

Unda viloyat sudi raisi o’rinbosari-jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay’ati raisi O’tkir Mamadaliev tergov sudyalarining vazifalari va majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berib o’tdi.
Shuningdek, sudlarda pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to’xtatib turish to’g’risidagi iltimosnomalarni ko’rib chiqish bilan bog’liq ishlarda e’tibor qaratilish lozim bo’lgan jihatlar xususida tegishli tavsiyalar berildi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo’limi

Jinoyat ishlari boʼyicha Mirishkor tuman sudining sudyasi Husniddin Rustamov oʼquvchilar uchun amaliy dars mashgʼuloti oʼtdi

Tumanning Jeynov qishlogʼida joylashgan19-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi oʼquvchilari uchun tashkil etilgan dars mashgʼuloti “Huquqiy ong, huquqiy madaniyat” mavzuida boʼldi.

Unda bugungi kunda mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim sohasidagi yangiliklar va joriy qilinayotgan yangi taʼlim dasturlari xususida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlar oʼrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida oʼquvchilarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yot gʼoyalar taʼsiriga tushib qolmasligi uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning doimiy va faol ishtirokchisi boʼlish hamda Vatanga muhabbat tuygʼusini kuchaytirish borasida fikr va mulohazalar bildirildi.

Ochiq va samimiy ruhda boʼlib oʼtgan dars davomida oʼquvchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OАV bilan aloqalar boʼlimi

Qashqadaryo viloyat sudida ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi

Sudya va sud xodimlari ishtirokida tashkil etilgan ma’rifat soatida insonning madaniyati, uning tashqi va ichki go‘zalligi xususida so‘z yuritildi.

Tadbirda sud tizimi egalarining madaniyati nafaqat sud qarorlarining ijro etilishiga, balki xalqning sud tizimiga bo‘lgan yuksak ishonchining shakllanishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi aytib o‘tildi.

Tadbirga taklif etilgan “Shuhrat” medali sohibi, madaniyat xodimi, xonanda Alimamat Sharipov sudyalar va sud xodimlari madaniyatining nechog‘lik yuqorililigi shuningdek, adolatli bo‘lishi, inson huquqlarini himoya qilishi va axloqiy qadriyatlarimizga rioya qilishi mamlakatimiz sud tizimining nufuzi yanada ortishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Advokatlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi, Qashqadaryo viloyat sudi va viloyatda faoliyat yurituvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir advokatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sud, boshqa davlat va jamoat tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ularning ishonchli vakili ekanligidan kelib chiqqan holda kasbiy vazifalarining bajaralishiga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda ishtirok etgan mas’ullar tomonidan advokatlarning tergov harakatlari va sud muhokamasi davomidagi faoliyati davomida amal qilishi lozim bo‘lgan jihatlar xususida to‘xtalib, qonun hujjatlari bilan ishlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Qashqadaryo viloyati sudlari mas’ullari Shahrisabz tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Qashqadaryo viloyati sudlari mas’ullari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy mavzudagi murojaatlariga yechim izlashga qaratilgan ishlarni jonlantirish maqsadida Shahrisabz tumani “Yangi qishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabullar tashkil etildi.

Qabul davomida turli masalalarda huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan 19 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Ro‘zimurod Xurramov amaliyotchi shifokor bo‘lib ishlagan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudining 2023-yildagi hukmi bilan 2 yil muddatga umumiy amaliyot shifokori vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 2 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Ro‘zimurod Xurramovning o‘talmay qolgan jazosidan muddatidan ilgari ozod qilish haqidagi iltimosnomasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudining sayyor majlisida ko‘rib chiqilib, JK 73-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan o‘talmay qolgan 1 yil 7 oy ozodlikni cheklash jazosidan shartli ravishda ozod qilindi.

Shuningdek, o‘tkazilgan sayyor sud majlisida Shahrisabz tumani IIB Probatsiya xizmati nazorati ostida turgan yana 11 nafar mahkumlar o‘talmay qolgan jazosidan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

 

Qashqadaryo viloyati sudlari mutasaddilari tomonidan Kitob tumanida sayyor qabul tashkil etildi

Qashqadaryo viloyati sudlari mutasaddilarining jinoyat va huquqbuzarliklar, nikohdan ajratish, tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi nizolar va fuqarolarning murojaatlarini o‘rganishga hamda olis hududlarda profilaktika ishlarini jonlashtirishga qaratilgan sayyor qabullarning navbatdagisi Kitob tumani “Ayoqchi” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi.

Sayyor qabulda turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan 12 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlar sud mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganilib, 1 ta murojaat sudda ko‘rib chiqilayotganligi bois sud tomonidan qonuniy xulosaga kelinishi ma’lum qilindi, 11 ta murojaatga huquqiy tushuntirishlar berildi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Qashqadaryo viloyat sudida sud qarorlarining ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi

Qashqadaryo viloyat sudi, viloyat prokuraturasi hamda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi hamkorligida sud qarorlarining ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda sud qarorlarining ijrosini ta’minlash, Adolat axborot dasturi orqali kelib tushayotgan ijro varaqalarining sifati, qonun talablariga mos kelishi, qarzdorlar bilan bog‘liq ma’lumotlarning to‘g‘riligi kelgusida sud qarorlarining ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashga xizmat qilishi, bu esa o‘z navbatida aholining sudlarga bo‘lgan ishonchi oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Seminarda taqqoslov dalolatnomalarida mavjud to‘xtatilgan ijro hujjatlariga alohida e’tibor qaratilib, kelgusida  majburiy ijro byurosining tegishli tuman (shahar) bo‘limlari kesimida davlat boji undiruvi bo‘yicha to‘xtatilgan yoki to‘xtatib turish asoslari yakunlangan ijro hujjatlarining tiklanishi yuzasidan tavsiyalar va bugungi kunda ijro harakatlarida nizoli bo‘lib turgan ijro varaqalari yuzasidan tegishli tartibda tushuntirishlar berildi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

 

Qashqadaryo viloyat sudida videokonferensaloqa tarzida seminar mashg‘uloti tashkil etildi

Ma’lumki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan muhim va ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, sudlar faoliyati samaradorligini oshirish, ishni sudga qadar yuritishda taraflarning tengligi va tortishuvi prinsipini amalda ta’minlash, shuningdek, tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilinishiga erishish maqsadida joriy yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonning qabul qilinishi mamlakatimiz sud-tergov amaliyotidagi muhim bosqich bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyat sudida mazkur Farmonning mazmun va mohiyatini o‘rganish yuzasidan videokonferensaloqa tarzida seminar mashg‘uloti tashkil etildi. Unda jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mas’ullari ishtirok etishdi.

Ushbu Farmon inson huquqlarini himoya qilish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklari himoyasining kafolatlarini kuchaytirish, aholining huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Seminar mashg‘uloti ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Skip to content