IBRATLI SUDYA

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan joriy etilgan sudyalarning reyting ko‘rsatkichlarida yuqori natijalarga erishgan sudyalarni “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlash belgilangan.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan odil sudlovga erishishdagi ko‘rsatkichlari barobarida o‘zining yuksak bilimi va ma’naviy fazilatlari bilan barchaga namuna bo‘layotgan 20 nafar sudya mazkur mukofotga munosib ko‘rildi.

Shu munosabat bilan Sudyalar oliy kengashi tomonidan mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda onlayn topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosimda Qashqadaryo viloyat sudi raisi va o‘rinbosarlari, sudyalar hamda sud xodimlari ham ishtirok etishdi.

E’tiborlisi mazkur taqdirlanganlar orasida Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Shahzod Baxtiyorov ham bor.

Sud tizimida 21 yillik faoliyati davomida Shahzod Baxtiyorov o‘zining namunali fazilati, bilimi, malakasi, halolligi va o‘z ustida tinimsiz ishlash kabi xususiyatlari bilan hamkasblar o‘rtasida hurmat qozonib kelgan.

Shahzod Baxtiyorovni «Ibratli sudya» mukofoti bilan samimiy tabriklaymiz. Jamiyatda adolat barqarorligini ta’minlashdagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

 

Qarshi tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyalari tomonidan tadbirkorlar manfaatida kiritilayotgan da’vo arizalari muhokamasiga oid seminar yig’ilishi bo’lib o’tdi

Qarshi tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyalari tomonidan 2021 yil 30 aprel kuni Savdo-sanoat palatasi binosida tadbirkorlar va tashkilotlar yuristlari ishtirokida “Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlar manfaatida kiritilayotgan da’vo arizalari muhokamasi”ga bag’ishlangan seminar o’tkazildi . Seminarda Palata tomonidan 2019-2020 yillarda kiritilgan da’vo ishlari , bu borada yo’l qo’yilgan xato va kamchilkklar birma-bir muhokama qilindi. Seminarda tadbirkorlar o’zlarini qiziqtirgan savolllariga javob olishdi.

Qashqadaryo viloyat sudi

Qashqadaryo viloyat sudida «Apellyatsiya tartibida ish ko‘rish amaliyoti» mavzusida seminar bo’lib o’tdi

Qashqadaryo viloyati sudi binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 20 apreldagi “Sudlar tomonidan jinoyat, fuqarolik, ma’muriy hamda iqtisodiy ishlarni apellyatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi Plenumi qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar avvalida viloyat sudining raisi A.Mahkamov so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda sud-huquq tizimida qat’iyat bilan olib borilayotgan islohotlarning navbatdagi bosqichida inson huquqlarining ishonchli himoyasini to‘la-to‘kis ta’minlash maqsadida sud qarorlarini qayta ko‘rish institutlari yanada takomillashtirilganligi xususida so‘z yuritdi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi, Jinoyat-protsessual, Iqtisodiy protsessual hamda Fuqarolik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi beshta qonun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotining mantiqiy davomi bo‘ldi.

Ushbu qonunlar, YAngi O‘zbekistonda sud tizimini tubdan yangilashning navbatdagi muhim va yuksak bosqichiga qadam qo‘yilganidan dalolatdir.

Mazkur qonunlarda fuqarolar uchun odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida apellyasiya va kassatsiya instansiyalarini isloh qilish, nazorat tartibida ish yuritish institutini bekor qilish, prokurorning ayblovdan voz kechishining huquqiy asoslari va protsessual tartibini belgilash nazarda tutildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Bir sud – bir instansiya” tamoyili ilgari surilganligi birinchidan, sud qarorlarini qayta ko‘rish tizimida yillar davomida to‘planib qolgan muammolarning hal qilinishiga kuchli turtki bergan bo‘lsa, ikkinchidan, ushbu tizimning tubdan qayta ko‘rib chiqilishiga asos yaratdi.

“Bir sud – bir instansiya” tamoyiliga ko‘ra, endilikda, birinchidan, xalqaro standartlarga mos ravishda uch bosqichli sud tizimi yaratildi. YA’ni:

birinchi instansiya – tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, ayrim toifadagi murakkab ishlar bo‘yicha – viloyat sudlari;

apellyatsiya instansiyasi – viloyat sudlari, birinchi instansiyada viloyat sudlari tomonidan ko‘rilgan murakkab toifadagi ishlar bo‘yicha – Oliy sud;

kassatsiya instansiyasi – Oliy suddan iborat bo‘ldi.

Ikkinchidan, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan nazorat instansiyasi to‘liq bekor qilindi.

Viloyat sudi tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan sud ishlari yuzasidan berilgan shikoyatlarni shu sudning o‘zi tomonidan yuqori instansiya sudi sifatida ko‘rilishi amaliyotiga barham berildi. Natijada ushbu jarayondagi korrupsiyaviy omillar bartaraf etilib, shikoyat qilish institutining samaradorligi oshdi – deya fikr bildirdi Qashqadaryo viloyati sudining raisi A.Mahkamov.

SHuningdek seminar davomida, sudlar tomonidan jinoyat fuqarolik ishlari va ma’muriy ishlarning apellyatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risidagi ma’ruzalari tinglandi.

Seminar savol-javob tarzida davom etdi.

Qashqadaryo viloyat sudi

Qashqadaryo viloyat sudida o’quv seminari tashkil etildi

Qashqadaryo viloyat sudida Qashqadaryo viloyati tuman,  shahar va tumanlararo sudlarining sudyasi lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar bilan o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Dastlab nomzodlar zahirasiga kiritilganlar bilan o‘tkazilgan o‘quv seminar mashg‘ulotini tadbirga raislik qiluvchi Qashqadaryo viloyat sudlari sudyalarining malaka hay’ati a’zosi Dilfuza Shamsieva ochib,  kun tartibidagi masalalarni e’lon qildi.

Ilk so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyat sudining sudya katta yordamchisi B.Xolmonov o‘z ma’ruzasida Iqtisodiy protsessual kodeksida ishni sud muhokamasiga tayyorlash va amaliyotda bu boradagi muammolar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan nomzod, Jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudining devonxona mudiri R.Egamberdiev o‘z ma’ruzasida so‘nggi paytlarda sud-huquq islohotlarini jadallashtirish yuzasidan qabul qilingan hujjatlar, qonunlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek mamlakatimiz va xalqaro maydonda yuz bergan voqealar xususida to‘xtalib o‘tdi. SHundan so‘ng malaka hay’ati kotibi H.Rustamov o‘z ma’ruzasida viloyat sudlaridan bo‘sh sudyalik o‘rni haqida kelgan xatlarning mazmuni haqida to‘xtalib, ushbu bo‘sh sudyalik o‘rinlariga o‘tish istagi bor nomzodlar sudlarning malaka hay’atlariga murojaat etishlari mumkinligini ta’kidlab, seminar qatnashchilarining qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Tadbir yakunida raislik qiluvchi D.Shamsieva O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi magistraturasiga 2021/2022 o‘quv yili uchun qabul 2021 yil 25 apreldan boshlanishini, qabul 2021 yil 1 iyulga qadar davom etishini, zaxiradagi nomzodlar tegishli malaka hay’atlariga yoki Sudyalar oliy maktabiga elektron tarzda tegishli hujjatlarni taqdim etishi mumkinligini, sudyalikka nomzodlar bosqichma-bosqich sudyalik ko‘nikmalarini egallab borishayotganligi, nomzodlar sudya bo‘lib tayinlangandan so‘ng har bir sudya “Sudyalar odob-axloq kodeksi”ga qat’iy rioya qilishi, o‘z qasamyodi, odob-axloqiga zid xatti-harakatlarni sodir etmasligi, odil sudlovni amalga oshirishdek mas’uliyatli va sharafli vazifani sidqidildan bajarishda bilim, tajriba va salohiyatini safarbar etishlari, yuksak axloqiy-irodaviy va kasbiy fazilatlarga ega, halol-pok, adolatli bo‘lishlari, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda sidqidildan harakat qilishlari va mas’uliyatli bo‘lishlari, fuqarolarni mensimaslik, poraxo‘rlik va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymasligi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini chuqur idrok etgan holda, korrupsiya va poraxo‘rlik illatlari noxush holat ekanligi, aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishi, nomzodlarga bo‘lgan talab juda ham kuchayganligi, nomzodlar saviyasi ham yuqori bo‘lishi kerakligi, shu sababli tayyorgarlikni ham kuchaytirish lozimligini va boshqalar xususida to‘xtalib o‘tib, seminar ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi.

Qashqadaryo viloyat sudi

Farg‘onada 1 ming 78 nafar muqaddam sudlangan shaxs yana jinoyatga qo‘l urgan

Farg‘onada sudlar tomonidan o‘tgan yilda 6 nafar fuqaroga nisbatan tergov organi tomonidan qo‘yilgan nohaq ayblovlar bekor qilinib, ularning barchasiga birinchi instansiya sudlari oqlov hukmlarini chiqargan.

Shuningdek, ushbu davrda 719 nafar shaxsga nisbatan 470 ta jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov organi tomonidan qo‘yilgan ayblov o‘zgartirilib (modda to‘liq ayblovdan chiqarilgan, modda qismi yoki bandi chiqarilgan yoki boshqa moddaga malakalanib hukm chiqarilgan) hukm o‘qildi.

Bu ma’lumotni Farg‘ona viloyati sudi raisi Shuhrat Kamolov xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasidagi viloyatda sudlar tomonidan fuqarolar huquqlari va erkinliklari, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish borasida 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2021 yilda ko‘riladigan chora-tadbirlar haqidagi axborotida aytib o‘tdi.

Odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida viloyat sudlari tomonidan 2020 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, o‘tgan yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi va tuman (shahar) sudlari tomonidan jami 5 ming 282 nafar shaxsga nisbatan 4 ming 310 ta jinoyat ishi tamomlangan.

Tahlillar sudda ko‘rilgan mazkur shaxslarning 1 ming 78 nafari yoki 20,4 foizi muqaddam sudlangan shaxslar ekani, shuningdek, jinoyatlar asosan ichkilikbozlik, ishsizlik, oilaviy va qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqayotganligini ko‘rsatmoqda.

Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2020 yil 3 dekabrdagi hukmiga ko‘ra, A.Kojanova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 97-moddasining 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan Jinoyat Kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini olgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlar o‘rganilganida A.Kojanova muqaddam bir necha bor sudlanganligi, jinoyat sodir qilingan vaqtda vaqtincha ishsiz bo‘lgani, nikohi sud tomonidan bekor qilingan bo‘lib, 3 nafar farzandi borligi, Farg‘ona shahri, Yuksalish ko‘chasi, 84-uy, 5-xonadonda doimiy ro‘yxatda tursada, jinoyat sodir etilgan vaqtda Farg‘ona shahri, A.Yassaviy ko‘chasi, 40/B-ko‘p qavatli uy balkoni ostida yashab kelgani ma’lum bo‘ldi.

Bu esa, o‘z navbatida, ichki ishlar idoralari xodimlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari hamkorligida joylarda aholi o‘rtasida, xususan, muqaddam sudlanganlar bilan profilaktik tadbirlar yetarli darajada olib borilmayotganligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar tomonidan mazkur fuqaroning muammolariga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligidan, uni ish va yashash joyi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmaganligidan dalolat beradi.

«So‘x voqealari» bo‘yicha barcha sudlanuvchilarning oxirgi so‘zi eshitildi

Farg‘onada o‘tgan yilning may oyida So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan ayblangan 22 nafar shaxs ustidan davom etayotgan sud jarayonida bugun barcha sudlanuvchilarning oxirgi so‘zi eshitildi.

Dastlabki tergov organi tomonidan ushbu shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayb e’lon qilinib, 9 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish va 13 nafariga uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ulardan bir nafari voyaga yetmagan shaxsdir.

2020 yil 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi So‘x tumani Chashma qishlog‘ining Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy tumani Chechme ayili bilan chegaradosh hududida joylashgan “Chashma” bulog‘i bo‘yida Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar ro‘y bergan.

Ushbu nizoni bartaraf etish maqsadida So‘x tumani Chashma qishlog‘iga yetib borgan mahalliy hokimiyat vakillari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tartibbuzarlar tomonidan faol qarshilik ko‘rsatilib, ularga turli darajada shikastlar yetkazilgan.

O‘tgan yilning noyabr oyidan buyon mazkur jinoyat ishini ko‘rish ishlari davom etayotgan bo‘lib, sud muhokamasi yakunlanmoqda.

Farg‘ona viloyat sudining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, “So‘x voqealari”ga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borilib, ishni ko‘rishda 22 nafar sudlanuvchi, 36 nafar jabrlanuvchi va 21 nafar guvohlar so‘roq qilindi.

Prezident xalq qabulxonasi: qonuniylik va adolat

Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan ommaviy qabullarda Qashqadaryo viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining appelyasiya tartibidagi ochiq sud majlisida nohaq ayblanib, jarima jazosi tayinlangan 2 nafar shaxsga doir ish ham ko‘rib chiqildi.

Gʻuzor tumanida yashovchi Dilfuza Meylanovaning 8 yillik muammosi yechim topdi. 2012 yilda uy sharoitida tug‘ilgan farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani ololmayotgan ayolning muammosi adliya organlari tomonidan o‘rganilib, farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Ommaviy qabullar davomida 50 dan ortiq fuqaro ishga joylashtirildi, 30 ga yaqin murojaatchiga imtiyozli kredit, 25 nafariga davolanish uchun order ajratildi. Ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari, protez-ortopediya buyumlari topshirildi.

Umumlashtirib aytganda, Qashqadaryo vohasi bo‘ylab kechgan jonli muloqotlar asnosida 1 ming 655 kishi ko‘targan 1 ming 678 ta masala o‘rganilib, ularning 572 tasi joyida hal etildi. 524 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirish berildi, qo‘shimcha vaqt va o‘rganish talab qiladigan 582 ta murojaat bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi. 

Ular 2015 yilda tazyiqlar ostida berilgan guvohliklar, asossiz ko‘rsatmalar bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudining hukmi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ya’ni, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda, pora olish va berishda vositachilikni amalga oshirganlikda ayblanib sudlangan.

Ularning murojaatlari asosida olib borilgan qo‘shimcha tekshiruvlar, sud jarayonlari natijasida aybsizligi o‘z isbotini topdi va reabilitasiya qilish yo‘li bilan oqlandi.

Mirishkor tumani «Ayzabod» mahallasida istiqomat qiluvchi Yulduz Normurodova ham katta umidlar bilan ommaviy qabulga keldi. Ma’lum bo‘lishicha, uning to‘ng‘ich o‘g‘li 21 yoshida 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Ayni paytgacha jazo muddatining 6 yilini o‘tagan farzandiga yengillik berishni so‘rab, Oliy sudga murojaat qildi. Uning arizasi Oliy sudda kassasiya tartibida ko‘rib chiqilishi ayolga umid baxsh etdi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘rtasida yuzaga kelgan nizoli ishlarni ko‘rishda imkon qadar taraflarni kelishtirishga e’tibor qaratilmoqda. Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasining da’vogar Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi qoshidagi Qurilish-montaj-ta’mirlash boshqarmasi unitar korxonasi manfaatini ko‘zlab javobgar “RAVON STROY CITY” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 2 milliard 878 million so‘mdan ziyod mablag‘ni undirish yuzasidan sud tashabbusi bo‘yicha tomonlar o‘rtasida nizo bartaraf etilib, kelishuv bitimi tuzilishiga erishildi.

Xitoylik investor tomonidan kiritilgan da’vo arizasi esa qanoatlantirilib, investor ishtirokidagi O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi foydasiga 13 milliard 174 million so‘mdan ziyod mablag‘ni undirish to‘g‘risida iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining hal qiluv qarori qabul qilinib, investorning huquqlari tiklandi.

Qarshi shahrilik Dilafro‘z Xo‘jamurodova uyi yo‘qligi sababli 12 yildan buyon oilaviy yotoqxonada yashaydi. 4 nafar farzandi bor. Turmush o‘rtog‘i vafot etib, oila tashvishi, farzandlar tarbiyasi yolg‘iz o‘zining zimmasiga tushgan ayol ommaviy qabulga yashab turgan turar-joyini o‘z nomiga rasmiylashtirib berishda yordam so‘radi. Dilafro‘z Xo‘jamurodova hamda oilaviy yotoqxonada yashab kelayotgan yana 2 nafar ayolning murojaati ijobiy hal etildi.

Ommaviy qabullar jarayonida Oliy sudga 886 ta murojaat tushgan bo‘lsa, ularning 278 tasi joyida hal etildi, 280 ga yaqiniga asoslantirilgan tushuntirishlar berildi. Ijro uchun nazoratga olingan 239 ta murojaatdan 134 tasi bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassasiya tartibida hal qilish uchun qabul qilinib, tegishli sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi. 18 ta fuqaroning arizasi viloyat sudining apellyasiya instansiyasida ko‘rish uchun qabul qilindi. 14 ta murojaat bo‘yicha da’vo arizasi birinchi instansiya sudining ish yurituviga qabul qilinib, nazoratga olindi. 141 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. 29 nafar shaxsga nisbatan aliment undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarildi.

Ommaviy qabullarda Bosh prokuraturaga 360 nafar fuqaro turli masalalarda murojaat qilgan bo‘lsa, shundan 62 ta masala joyida hal qilindi. Murojaatlarning asosiy qismi tergov va surishtiruv, sud qarorlari ijrosi, ijtimoiy-iqtisodiy, uy-joy, moddiy yordam, kommunal soha yuzasidan bo‘ldi. Ish masalasida murojaat qilgan 21 nafar fuqaroning 4 nafari o‘ziga ma’qul bo‘lgan korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 17 nafari kasbga o‘qitishga yo‘naltirildi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan qabul jarayonlarida 155 nafar fuqaro bilan muloqotlar o‘tkazilib, ular tomonidan bildirilgan 49 ta masala joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 101 ta murojaat ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

«Ko‘hna voha tomorqa xizmati» MChJ rahbari Obidjon Xudoyberdiyev esa bojxona xizmati mas’ullariga xorijdan olib kelingan mandarin mahsulotini o‘z omboriga bojxona ta’minlov summasisiz tushirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Mahsulotni sifatli saqlash uchun jamiyatga qarashli omborda sharoit mavjudligi hisobga olinib, murojaat qanoatlantirildi.

Skip to content