Qashqadaryo viloyat sudlari mutasaddilari ishtirokida Kasbi tumanida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Qashqadaryo viloyat sudlari raislari va o‘rinbosarlari ishtirokida aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunchilikdagi yangiliklar mazmunini aholi o‘rtasida keng yoritish maqsadida Kasbi tumani “Maymanoq” mahalla fuqarolar yig‘inida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyat sudi raisi Abduqayum Mahkamov sud-huquq sohasidagi islohotlar, keng qamrovli o‘zgarishlar, mamlakatimizda sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, sud tizimida odil sudlov samaradorligini oshirish, shu orqali xalqimizning sudlarga bo‘lgan qat’iy ishonchini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamiyatimizda oilani mustahkamlash, uni asrab-avaylash va daxlsizligini ta’minlash hamda ajrshishlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratish muhim masalalardan ekanligi ta’kidlandi.
Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi