Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari tomonidan seminar tashkil etildi

Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari hamda
Qarshi shahar Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar «Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash buyicha ko‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023 yil 20 fevraldagi “Sudlar tomonidan soliq qonunchiligini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi
4-sonli qaroriga bag‘ishlandi.

Tadbirda ishtirokchilarga Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo’limi

Qashqadaryo viloyat sudlari mutasaddilari ishtirokida Kasbi tumanida sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabul tashkil etildi

Qashqadaryo viloyat sudlari mutasaddilari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar, nikohdan ajratish, tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari ko‘paygan hududlarda profilaktika ishlarini jonlashtirishga qaratilgan sayyor qabullarning navbatdagisi Kasbi tumani “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi.

Mazkur sayyor qabulda turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan 25 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat sud mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganilib, ko‘mak so‘rab kelgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Sayyor qabul doirasida jinoyat ishlari bo‘yicha Kasbi tuman sudining sayyor sud majlisi o‘tkazilib, unda voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sayyor sud majlisi davomida Kasbi tumani ichki ishlar bo‘limi Probatsiya guruhi nazoratida turgan ikki nafar mahkum muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Qashqadaryo viloyat sudlari mutasaddilari ishtirokida Kasbi tumanida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyat sudlari raislari va o‘rinbosarlari ishtirokida aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunchilikdagi yangiliklar mazmunini aholi o‘rtasida keng yoritish maqsadida Kasbi tumani “Maymanoq” mahalla fuqarolar yig‘inida targ‘ibot tadbiri  o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyat sudi raisi Abduqayum Mahkamov sud-huquq sohasidagi islohotlar, keng qamrovli o‘zgarishlar, mamlakatimizda sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, sud tizimida odil sudlov samaradorligini oshirish, shu orqali xalqimizning sudlarga bo‘lgan qat’iy ishonchini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamiyatimizda oilani mustahkamlash, uni asrab-avaylash va daxlsizligini ta’minlash hamda ajrshishlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratish muhim masalalardan ekanligi ta’kidlandi.

 

Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

DIQQAT, TANLOV!

Qashqadaryo viloyat, tumanlararo, tuman va shahar sudlarining quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qilinadi:

– Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining sudya yordamchisi vazifasiga 1 nafar;

– Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudining sudya yordamchisi vazifasiga 1 nafar;

– Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudining sudya yordamchisi vazifasiga 1 nafar;

– Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudining arxiv mudiri vazifasiga 1 nafar;

– Yakkabog‘ tumanlararo iqtisodiy sudining sudya yordamchisi vazifasiga 1 nafar;

– Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudining sudya yordamchisi vazifasiga 1 nafar.

Tanlovda oliy yuridik ma’lumotli, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin.

Nomzodlar ochiqlik, shaffoflik, tenglik prinsiplari asosida Komissiya tomonidan belgilangan tartibda suhbatdan o‘tkaziladi.

Arizalar 2023 yil 29 may soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun tel: (75) 221-05-58.

Elektron pochta manzili: qash.kadr@sud.uz

Manzil:  Qashqadaryo viloyat sudi (180108, Qarshi shahri Bunyodkorlik ko‘chasi 10 a uy)

Skip to content